"Al Nassr"ga transfer taqiqi qo'yildi
13 iyu 2023 13:12
Yangiliklar
FIFA "Al Nassr”ga transfer taqiqini joriy qildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
"Al Nassr" Ahmad Musaning transferi uchun "Lester"ga bonuslar bermadi. Sport arbitraj sudi ingliz klubi foydasiga qaror chiqargan bo'lsa-da, pul haligacha to'lanmagan.
Manbaga ko'ra, agar klub imkon qadar tezroq "Lester"ga bonuslar to'lasa, "Al Nassr"dan qo'yilgan taqiq bir necha hafta ichida olib tashlanadi.
Saudiya Arabistoni klubi mavsum oldidan hozircha faqat yarim himoyachi Marcelo Brozovich bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar