"Al Nassr": Saudiya Arabistoni ligasini Xitoy chempionati taqdiri kutmayapti
12 fev 2025 13:58
Yangiliklar
"Al Nassr": Saudiya Arabistoni ligasini Xitoy chempionati taqdiri kutmayapti
"Al Nassr" tijorat direktori Jordi Dyurante Saudiya Arabistoni ligasi uzoq muddatli loyiha ekani va uni Xitoy chempionati taqdiri kutmayotganini aytdi.
"Yulduz futbolchilar Xitoy chempionatidagidek Saudiya Arabistoni ligasidan ham ketishi mumkinmi? Bu umuman boshqa holat. Saudiya Arabistonining futbolga bo'lgan ishtiyoqi juda kuchli: shuningdek Saudiya Arabistonida 2034 yilgi Jahon chempionati bo'lib o'tadi, shunday ekan, bu uzoq muddatli loyiha", — dedi Dyurante.
FIFA 2024 yilning 11 dekabrida JCH-2034 Saudiya Arabistonining beshta shahridagi 15ta stadionda o'tishini elon qilgandi: Ar Riyod, Jidda, Abxa, Al Xubar va Neom (mamlakat shimoli-g'arbidagi hali hali qurilmagan shahar.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar