Virus tufayli Xitoy chempionati starti noma'lum muddatga qoldirildi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2020
Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) xavfli virus tarqalishi tufayli milliy chempionat startini kechroqqa qoldirishga qaror qildi.

"Muxlislar, OAV vakillari, futbolchilar, murabbiylar, futbol klubi xodimlari sog'ligini xavfli virusdan saqlash uchun Xitoy futbol assotsiatsiyasi 2020 yilgi mavsum startini kechiktirishga qaror qildi" - deyiladi assotsiatsiya xabarida.

Yangi futbol mavsumi 22 fevralda boshlanishi kerak edi. Xitoyda koronavirusdan zararlanganlar soni 7711 kishini tashkil etadi, ularning 170 nafar vafot etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: РИА «Новости»