"Al Nassr" himoyachisi Evropaga qaytish uchun maoshi sezilarli darajada kamayishiga ham rozi
07 avg 2024 17:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/798228_original.jpg)
![](/upload/storage/798228_220.jpg)
"Al Nassr" himoyachisi Evropaga qaytish uchun maoshi sezilarli darajada kamayishiga ham rozi
Futbolchi qaytishni istamoqda.
"Al Nassr" himoyachisi Emerik Lyaport Evropaga qaytmoqchi, deya xabar berdi "Football Espana".
Buning uchun futbolchi maoshi sezilarli darajada kamayishiga ham tayyor. Unga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" Roben Le Norman bilan juftlik yaratish uchun himoyachi qidirmoqda.
Lyaport bir mavsumni "Al Nassr" safida o'tkazdi. 30 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar