So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  24 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

"Al Nassr" bosh murabbiyi Rui Vitoria: "Meni ko'proq jamoamning raqibga imkon qoldirmagani xursand qildi" Yangiliklar

"Al Nassr" bosh murabbiyi Rui Vitoria: "Meni ko'proq jamoamning raqibga imkon qoldirmagani xursand qildi"

Kecha bo'lib o'tgan Osiyo chempionlar ligasi 1/8 final bahsida Saudiya Arabistonining ikki klubi o'zaro kurash olib bordi.

Bunda "Al Nassr" "Al Taavon"ni 1:0 hisobida mag'lub etib keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Al Nassr" bosh murabbiyi Rui Vitoria quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- G'alabaga haqli o'yin ko'rsatdik. Juda qiyin bahs bo'ldi. Raqib jamoa ham Saudiya Arabistoni mamlakatidan bo'lgani bois "Al Taavon"ni o'rganish qiyin kechmadi. Bitta milliy chempionatda o'ynaganimiz tufayli ikkala jamoa ham bir-birini yaxshi biladi. "Al Taavon" himoyada yaxshi o'ynashini bilardik, shu bois ularning ojiz tomonini topish oson bo'lmadi. Lekin yakunda g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l oldik va endi navbatdagi bellashuv haqida o'ylaymiz.


- Bu yilgi musobaqaning 1/8 final o'yinlari ko'tarinki ruhda kechdi. Aksar bellashuvlarda g'olib nomi oxirgi daqiqalarda aniq bo'ldi. Jamoangiz ishtirokidagi bahsda 75-daqiqaga kelib ham hisob ochilmagandi. SHunday payt sizda yutqazib qo'ysak-chi degan xavotir bo'ldimi? 

- SHuni aytishim mumkin, uchrashuv oldidan bu haqda sira o'ylamaysiz. Sizni faqat jamoangiz qanday harakat qilishi va nima natija ko'rsatishi qiziqtiradi. Ha, biz hujumkor futbolni maqsad qilgandik va har bir futbolchiga ehtiyotkorlikni unutib qo'ymanglar deb alohida uqtirib chiqdik. Vaziyat nazoratimiz ostida bo'ldi, to'p bilan ham ko'proq muomala qildik va raqibga gol urish imkoni bermadik. To'g'ri, o'yin taqdirini bitta gol hal qildi, biroq bunday o'yinlarda futbolchilar saviyasi hamda to'g'ri belgilangan taktika ko'p narsani hal qiladi. Meni ko'proq jamoamning raqibga imkon qoldirmagani xursand qildi.


- Abdurazzoq Hamdallah OCHLda ketma-ket 10-uchrashuvda gol urdi. Uning harakatlari haqida nima deya olasiz? 

- Hamma yaxshi biladiki, Hamdallah juda kuchli o'yinchi. Lekin men ko'pincha faqat bir futbolchi haqida emas, balki butun jamoa to'g'risida gapirishni maqul ko'raman. CHunki qaysi futbolchi gol urmasin, hatto bitta gol orqasida ham jamoaning katta mehnati yotadi. Biz bu hujumchining harakatidan xursandmiz, ammo boshqa futbolchilar ham astoydil harakat qilmoqda. 


- Avvalo jamoangiz keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. G'arb mintaqasida chorak finalning barcha to'rt ishtirokchisi malum bo'ldi. Keyingi bosqichda qaysi jamoa bilan tushishni xohlamaysiz? 

g' (Kulib) Kutilgan savol, biroq men hozircha bu haqda aniq bir gap ayta olmayman. Faqat shuni aytishim mumkin, chorak finalga chiqqan barcha to'rt jamoa finalda o'ynashga loyiq va biz hal qiluvchi bahsga yo'l olish uchun yana ikkita bellashuvda zafar quchishimizga to'g'ri keladi. Ertaga qura tashlanadi va shundan keyin navbatdagi raqibimiz kim ekanligini bilib olamiz. Yana shuni aytishim mumkin, buyog'iga o'yinlar yanayam qiyin o'tadi, kurash ko'p bo'ladi.

P.S. Xabaringiz bor, bugun Toshkent vaqti bilan 13:00da OCHL chorak finaliga qura tashlandi va "Al Nassr" keyingi bahsni yana bir hamyurti "Al Ahli"ga qarshi 30 sentyabr kuni o'tkazadigan bo'ldi. "Paxtakor" esa shu kuni "Persepolis" bilan kurash olib boradi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика