So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  11 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  3 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  25

"Al Nasr"dan soxta osiyolik chiqdi, Rashidov jamoasiga g'alaba yozilishi mumkin Yangiliklar

"Al Nasr"dan soxta osiyolik chiqdi, Rashidov jamoasiga g'alaba yozilishi mumkin

Qatarda bo'lib o'tgan "Al Jayish" - "Al Nasr" uchrashuvida BAAlik futbolchilar yirik, 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Mazkur uchrashuv atrofida katta muammo yuzaga keldi. Yodingizda bo'lsa, bundan bir necha oy muqaddam BAAning "Al Vasl" jamoasi safida o'zbekistonlik bo'lmagan, ammo soxta pasport bilan, osiyolik legioner sifatida BAA Pro ligasidan ro'yxatdan o'tgan Fabio de Lima haqida malumot chiqqan edi. "Al Nasr" bilan ham huddi shunday muammo yuzaga keldi. 

Asli braziliyalik bo'lgan, shu kungi uchrashuvda dubl qayd etgan Santos Vanderley BAA Pro ligasida Indoneziya fuqarosi sifatida qayd etilgan ekan. Buni bilib qolgan "Al Jayish" rahbariyati "Al Nasr"ni reglamentga amal qilmaganini bildiruvchi xatni OFKga yo'llagan. O'z navbatida klub Indoneziya FFga murojaat qilib, ulardan bunday futbolchi yo'qligi haqida malumot olganlar. Buni Indoneziyaning topskor.co.id sayti ham tasdiqlagan.

Ayni paytda OFK mazkur holat yuzasidan tekshiruvni boshlab yubordi. Agar "Al Nasr" aybdor deb topilsa va reglamentni buzganligi isbotlansa, "Al Jayish" texnik g'alaba bilan keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, mazkur juftlik g'olibi OCHL yarim finalida, "Lokomotiv" (Toshkent) va "Al Ayn" (BAA) juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика