"Al Nassr" Modrichga rad etib bo'lmas maosh taklif qilmoqchi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2023, 00:55
Luka Modrichning Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chib o'tishi borasidagi bir qancha ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Oldinroq futbolchiga Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan "Al Nassr" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Saudiyaning "Okaz" nashri bayon qilishicha, Ar-Riyod klubi unga 2,5 yillik shartnoma va yiliga 40 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Agarda "Real" qishda uni sotib yuborishni istamasa, "Al Nassr" futbolchini yozda erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi. Ushbu mavsumda Modrich LaLigada 16 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Okaz