So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  1 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  2 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

“Al Muharraq” bosh murabbiyi: "Nasaf"ga qarshi o'yin oson o'tmasligi aniq" Yangiliklar

“Al Muharraq” bosh murabbiyi: "Nasaf"ga qarshi o'yin oson o'tmasligi aniq"

OFK kubogi-2021 finali oldidan "Al Muharraq" bosh murabbiyi va jamoa etakchi futbolchilaridan biri matbuot anjumanida qatnashishdi.

OFK kubogi-2021 final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda "Al Muharraq" jamoasi ustozi Isa Sadun Al Hamdani va jamoa etakchilaridan biri Hamza Al Juban ishtirok etishdi. 

“Al Muharraq” bosh murabbiyi Isa Sadun Al Hamdani: "Biz final o'yiniga jiddiy hozirlik olib bordik. Ushbu musobaqada oldin ham g'olib chiqqanmiz. Bu borada tajribamiz mavjud. Endi oldinda “Nasaf” klubiga qarshi jiddiy uchrashuv kutib turibdi, lekin biz ijobiy natijaga umid qilyapmiz. 

"Al Muharraq" hali O'zbekiston klublariga qarshi o'ynamagan. Bu galgi uchrashuv biz uchun yangi tajriba bo'ladi. Lekin bilamiz, O'zbekiston chempionati kuchli, klublari ham ancha saviyali. Qolaversa, o'zbekistonlik futbolchilar Evropada ham o'ynay boshlashdi. Yaqinda Italiya chempionatida o'zbek futbolchisi o'yinini kuzatdim. Umuman olganda, o'zbek klubiga qarshi o'yin oson o'tmasligi aniq. 

Raqibni yaxshi o'rganishga urindik. Tarkibida ancha mahoratli o'yinchilar bor ekanini bilamiz. Qolaversa, “Nasaf”ning etakchi himoyachilaridan biri uchun mavsum jarohat sabab allaqachon yakunlanganidan ham xabarimiz bor". 

“Al Muharraq” futbolchisi Hamza Al Juban: "Jamoamiz final o'yiniga 100 foiz tayyor. O'zbekiston jamoalari hamisha mazmunli o'yin namoyish etishadi, buni juda yaxshi bilamiz, ammo maqsadimiz – g'alaba qozonish. Buning uchun bor mahoratimizni ishga solamiz".

Eslatib o'tamiz, "Al Muharraq" hamda "Nasaf" o'rtasidagi final bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика