So’nggi yangiliklar

23:23Гвардиола "Сити"даги "янгилар"нинг ўйинига баҳо берди  0 22:47"Реал" ҳимоячиси жароҳат билан ўйнамоқда: Рауль Асенсио жамоаси учун соғлиғини хавф остига қўйди  5 22:32ПСЖ 18 ёшли футболчи учун "Барселона"га битимдагидан кўпроқ тўламоқчи  0 22:20U-23 ОСИЁ КУБОГИ. ЯПОНИЯ — ЧЕМПИОН! Хитой финалда тор-мор этилди  9 22:00Англия. Ҳусанов-Гехи жуфтлигидаги илк баҳсда "Сити" дарвозаси "қуруқ" сақланди ва "шаҳарлик"лар ғалаба қозонди  5 21:29"Бавария" Бундеслига жорий мавсумидаги илк мағлубиятини қабул қилди  9 21:25АПЛ. "Борнмут" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар маълум  10 20:51Тедди Шерингем: "Арсенал" ўзи ҳақида ҳаддан ташқари юқори фикрда, улар рақибни ҳурмат қилишни ўрганишлари керак"  11 20:17Виктор Фонт Лапортани аёвсиз танқид қилди: "Унинг даврида шаффофлик йўқолди ва алдов авж олди"  11 19:46"We will be back". Златан Ибрагимович Арнольд Шварценеггер билан тушган суратини намойиш этди  6 19:42Фабио Каннаваро: "Бу йиғин чемпионатдаги барча футболчиларга сигнал бўлиши керак"  4 18:55"Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон". Ҳусанов ва Гэҳи "шаҳарликлар" ҳимоя марказини қўриқлайди  19 18:37Туркия. Шомуродовдан ассист, "Башакшеҳир"дан йирик ғалаба  16 18:20НАЗОРАТ ЎЙИНИ. "Бунёдкор" Болгария клуби устидан ғалаба қозонди  2 17:58U-23 Осиё чемпионати тугашига битта ўйин қолди: Бугун финал  4

"Al Jayish" - "Bunyodkor". Raqamlar aldamaydi Yangiliklar

"Al Jayish" - "Bunyodkor". Raqamlar aldamaydi

Teglar :  Al JayishBunyodkor
Kecha OCHL-2017 saralashi doirasidagi "Al Jayish" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Qaldirg'ochlar" Qatar klubi bilan o'yining asosiy va qo'shimcha vaqtlarida durang o'ynashdi hamda penaltilar seriyasida g'olib bo'lib guruh bosqichiga yo'llanma olishdi.

Biz kechagi o'yinning statistik ko'rsatkchilarini muxlislarimizga taqdim etishga qaror qildik.

Dastlab umumiy statistikaga keyin "Bunyodkor" futbolchilarining statistikasiga to'xtalib o'tamiz.

Etiborlisi "Bunyodkor" o'yinda to'p nazorat qilishda mezbonlardan biroz ustunlikka ega bo'ldi. Jamoamiz futbolchilari o'yindan tashqari holatga tushib qolishda ancha "faol" bo'lishdi - 6:2. Pas oshirish borasida ikkala jamoa deyarli teng ko'rsatkich qayd etdi. Sergey Lushan shogirdlari qariyb 100 marta uzun paslarni ijro etishdi.

Zarba yo'llash borasida "Al Jayish" katta ustunlikka ega bo'ldi - 17:6. Lekin aniq zarbalar soni teng - 2:2. "Bunyodkor" futbolchilari 4 marta jarima maydoni tashqarisidan, 2 marta jarima maydoni ichidan zarba berishdi. Qoida buzishda ham tomonlar deyarli teng natija qayd etishdi.


Al Jayish                       

Ko'rsatkich

Bunyodkor          

0

Gol

0

49,9 %

To'pni nazorat qilish

50,1 %

9

To'p olib qo'yish

15

2

Offsayd

6

8

Burchak to'pi

8

619

Paslar

624

81

Uzun paslar

99

82,4 %

Paslar aniqligi

83,8 %

71,8 %

Raqib maydonida paslar aniqligi

71,7 %

30

Krosslar

29

13,3 %

Krosslar aniqligi

20,7 %

17

Zarba

6

2

Aniq zarba

2

6

Bloklangan zarba

0

12

Jarima maydoni tashqarisidan zarba

4

5

Jarima maydoni ichidan zarba

2

11,8 %

Zarbalar aniqligi

33,3 %

22

To'p uchun kurashlar

36

59,1 %

Kurashdagi g'oliblik foizi

55,6 %

17

Qoida buzish

19

0

Sariq kartochka

0

0

Qizil kartochka

0



Endi "Bunyodkor" futbolchilarining o'yindagi ko'rsatkichlariga to'xtalamiz. "Qaldirg'ochlar" safida Akromjon Komilov va Otabek SHukurov 2 martadan zarba berishdi. Komilovning bitta zarbasi aniq chiqdi, yana bir aniq zarba egasi Dostonbek Hamdamov bo'ldi. SHomurodov va SHukurov ikki martadan jamoadoshlari uchun vaziyat yaratishdi.

To'pga tegish borasida Otabek SHukurovga teng keladigani topilmadi - 114 marta. Undan keyingi o'rinda Komilov (90ta), Ibrohimov (89ta) qayd etilishdi.

Otabek pas berish borasida ham sheriklaridan ustun bo'ldi - 89 marta. Jamoasidagi boshqa hech bir futbolchi 80 marta ham pas oshirmagan.

Paslarning aniqligi borasida Alisher Sanoev va Javlon Ibrohimov ajoyib natija ko'rsatishgan. Tayanch yarim himoyachilarining bahs davomidagi to'p uzatishlarining 96 foizi aniq chiqqan.

O'ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadaliev jamoa safida eng ko'p kurashga kirishgan futbolchi bo'ldi - 7 marta. Aynan Ahmadalievga nisbatan raqib futbolchilari eng ko'p qoida buzishdi - 4 marta. "Bunyodkor" safida eng ko'p qoida buzgan o'yinchilar Akromjon Komilov va Dostonbek Hamdamov bo'lishdi - 4 martadan. 

"Bunyodkor" futbolchilarining "Al Jayish" bilan o'yindagi statistik ko'rsatkchilari:

O'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Murodjon Zuhurov o'yin davomida 3ta seyv qilishga erishdi. Penaltilar seriyasidagi seyvlar bunga qo'shilmagan. 


1*

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Akromjon Komilov

120      

2      

1      

0       

90     

44     

84,1 %    

4     

1    

4    

Rustamjon Ashurmatov         

120

0

0

0

83

65

92,3 %

1

0

2

Dushan Michich

120

0

0

0

88

77

81,8 %

4

0

0

Dilshod Ahmadaliev

120

0

0

0

83

44

81,8%

7

4

0

Eldor SHomurodov

120

0

0

2

64

37

78,4%

2

1

1

Otabek SHukurov

120

2

0

2

114

89

87,6%

3

1

3

Javlon Ibrohimov

120

0

0

0

89

75

96 %

1

0

0

Nurillo To'xtasinov

69

1

0

0

65

38

68,4%

5

3

1

Dostonbek Hamdamov

120

1

1

0

86

58

74,1%

6

2

4

SHahzodbek Nurmatov

65

0

0

0

25

18

83,3 %

1

1

1

Javohir Esonqulov

55

0

0

0

20

9

66,7%

0

2

3

Alisher Sanoev

41

0

0

0

39

31

96,8 %

2

1

0


* - Izoh: 1 – daqiqa, 2 – zarba, 3 – aniq zarba, 4 – vaziyat yaratish, 5 – to'pga tegish, 6 – pas berish, 7 – aniq pas, 8 – to'p uchun kurash, 9 – unga nisbatan qoida buzilgan, 10 – u qoida buzgan.

Oldinroq "Al Fateh" - "Nasaf" uchrashuvining statistik tahlili ham saytda elon qilingan edi.

OFK malumotlari asosida Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика