Al-Husseyn FIFA prezidentligiga nomzodlar qatorida bo'ladi
03 iyu 2015 07:35
Yangiliklar


Al-Husseyn FIFA prezidentligiga nomzodlar qatorida bo'ladi
Iordaniya shahzodasi Al-Husseyn FIFA prezidentligi uchun bo'ladigan saylovda yana o'z nomzodini qo'yadi.
Al Husseyn yaqindagina o'tkazilgan FIFA prezidentiligi uchun saylovda Blatterning yagona raqibi bo'lgan edi. Biroq Iordaniya shahzodasi birinchi raundda imkoniyatni boy berganidan so'ng o'z nomzodini olib tashlagandi. SHundan so'ng Yozef Blatter beshinchi marotaba FIFA prezidenti sifatida ish boshlagandi.
FIFA prezidentligi uchun bo'ladigan saylov dekabrdan-martga qadar bo'lishi malum qilinmoqda. Unda Blatterning o'rniga keladigan prezident nomi malum bo'ladi.Eslatib o'tamiz, Yozef Blatter 1998 yildan buyon FIFAga bosh rahbar bo'lib kelmoqda.

Fikrlar