So’nggi yangiliklar

21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  7 20:19Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  18 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  5 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  21

"Al Hilol"ning taslim etilishi, Antonio Konte va g'alabalar siri" - "Istiqlol"ning amaldagi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan suhbat Yangiliklar

"Al Hilol"ning taslim etilishi, Antonio Konte va g'alabalar siri" - "Istiqlol"ning amaldagi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan suhbat

Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin "Istiqlol" - "Al Hilol" uchrashuvi katta sensaciya bilan tugadi.

Unda Tojikiston chempioni qita grandi hisoblangan "Al Hilol"ni 4:1 hisobida taslim qildi. Umuman OCHL guruh bosqichida debyut mavsumini o'tkazayotgan "Istiqlol" 4ta o'yindan 7 ochko to'plab guruhda birinchi o'rinni egallab turibdi. Bu yutuqlarning zamirida klub bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoning xizmati katta. To'g'ri Levchenkoda PRO licenziyasi yo'qligi bois OCHLda "Istiqlol" bosh murabbiyi sifatida Mubin Ergashev ro'yxatdan o'tkazilgan. Biroq barcha ishni aynan Vitaliy Levchenko amalga oshiradi. Championat.asia sayti ukrainalik murabbiy bilan suhbatlashishga qaror qildi.

- "Al Hilol"dek Osiyo grandini, o'z maydonida 4:1 hisobida mag'lub etish juda katta natija. Bunga qanday erishdingiz?

- O'zbekiston xalqiga salom yo'llayman! Albatta "Al Hilol"ni mag'lub etilishi biz uchun katta yutuq. Lekin bu yutuq osonlikcha etgani yo'q. Bungacha juda ko'p mehnat qildik va xatolarimiz ustida ishladik. O'yinda qanday harakat qilsak, ijobiy natijaga erishish mumkinligini yigitlarga tushuntirdik. Tarkibida Evropa darajasidagi yulduzlar o'ynayotgan jamoaga qarshi munosib o'ynadik va g'alabaga erishdik.

- Birinchi o'yinda "Al Hilol"ga yutqazdinglar, ikkinchi o'yinda yirik g'alaba. Ikkinchi o'yinda qanday o'zgarishni amalga oshirdingiz?

- Ikkinchi o'yindan oldin xatolar ustida ishladik. "Al Hilol" nimaning evaziga hujumlar qilishi va bosim qilishini tushuntirdim. Raqib katta kuch bilan hujum qiladi va himoyada bo'sh joylar qoladi, qarshi hujumdan foydalanishga imkoniyat bo'ladi. Himoyadan hujumga o'tish bizning taktikamizda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

- "Istiqlol" qarshi hujumda ajoyib o'ynamoqda. Evropadagi qaysi jamoalardan namuna olishga intilasiz?

- Tarkibimizdagi futbolchilardan kelib chiqib o'ynaymiz. Evropadan Antonio Kontening ish uslubi va taktikasi menga ko'proq yoqadi. Bu murabbiy boshchiligidagi jamoalar qanday o'ynashlari, qanday qarshi hujumga o'tishlari va pressing qilishlari men uchun etalon. SHunday ekan Antonio Konte men uchun haqiqiy namuna.



- Murabbiylikdagi idealingiz kim?

- Ayni paytda Kievda UEFAning PRO licenziyasi uchun tahsil olayapman. Taktika bo'yicha maruzalarni Andrey SHevchenko bilan birga ishlaydigan italiyalik murabbiylar o'qishmoqda. Ular taktikaga juda katta ahamiyat berishadi.

- Osiyo chempionlar ligasidan oldin 3 futbolchi jarohat oldi, keyinroq yaponiyalik futbolchi ham jarohat oldi. Yo'qotishlar o'rnini qanday bosdingiz?

- To'g'ri, Saudiya Arabistoniga kelishdan oldin uch nafar futbolchimiz jarohat olib safdan chiqdi. Albatta bu biz uchun katta yo'qotish bo'ldi, tarkibni rotaciya qilishda ham qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari yaponiyalik futbolchi Ryota Nyoma ham jarohat oldi. Ammo imkonsiz ishning o'zi yo'q. Biz yosh futbolchilarimizga ishonamiz va ular har bir o'yinda jamoamizga foyda keltirishlariga umid qilamiz.

- Musobaqa kashfiyotlaridan biri bo'layotgan darvozabon Rustam Yatimov haqida qanday fikrdasiz?

- Albatta Rustam Yatimov bizning yutuqlarga katta hissa qo'shmoqda. U bilan ishlayotgan darvozabonlar murabbiyi Farruh Berdiev ham yaxshi ishlmoqda. Bundan tashqari murabbiylar shtabida Anvar Norqo'lov ham bor. Barcha o'z ishini bajarmoqda va bir maqsad yo'lida birlashganmiz. Yordamchilarimning professional faoliyatiga shubha qilmayman. Yatimov esa futbolchi sifatida o'sayotgani darvozabonlar murabbiyi va o'zining mehnati sabab bo'lmoqda. Xudo xohlasa Rustam o'z ishining eng yorqin vakillaridan biriga aylanadi.



- 19 yoshli Manuchehr Safarov "Al Hilol" bilan o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U haqda qanday fikrdasiz?

- Bizning futbolchilarni alohida etirof etishayotgani quvonarli. OFK ham ramziy terma jamoaga o'yinchilarimizni kiritgani xursand qiladi. Manuchehr Safarovga kelsak u maydonda kattagina hajmdagi ishni bajaradi, agar shunday ishlashda davom etsa butun qanotni yopa oladigan etakchi futbolchiga aylanadi. Faqat yulduzlik kasaliga chalinmasligi va mehnat qilishda davom etishi kerak.

- "Istiqlol"ning g'alabalari zamirida nimalar yotibdi?

- Buning hech qanday siri yo'q. Osiyo chempionlar ligasiga yanvar oyidan boshlab tayyorgarlik ko'rdik. Raqiblarni o'rgandik, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilib oldik. Sifatli yig'in o'tkazdik. SHu bois "Istiqlol"ning natijalari murabbiylar shtabida qandaydir shubha uyg'otmayapti. O'yindan-o'yinga harakat qilayapmiz. O'ylaymanki oldimizda turgan ikkita o'yinda yanada yaxshi o'ynaymiz.


 

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика