So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  4 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

"Al Hilol"dan ochko olgan "Navbahor" "Andijon"ga qarshi. Bugun kimning parvozi yuqoriroq bo'ladi? Yangiliklar

"Al Hilol"dan ochko olgan "Navbahor" "Andijon"ga qarshi. Bugun kimning parvozi yuqoriroq bo'ladi?

Vodiy derbilari bu o'zbek futboli, ichki chempionatimizning haqiqiy bezagi hisoblanadi.

Xorijdan kelgan mehmonni vodiyga olib borib derbilarga olib tushing o'zini go'yoki "El-Klasiko"da o'tirgandek his qilmasa hisobmas. CHindan ham undagi muhit, muxlislar yaratadigan atmosfera, jamoalar taqdim qiladigan jang bamisoli kuchli chempionatlardagidek. "Navbahor" - "Andijon" o'yini ham bundan kam bo'lmasligiga ishonchimiz komil.  

O'zaro o'yinlar 

Jamoalarning statistik raqamlariga kelsak, bu ikki jamoa chempionat doirasida shu kungacha 53 marotaba kuch sinashishdi. SHularning 11 tasida “Andijon”ning qo'li baland kelgan. “Navbahor”da esa 27 g'alaba bor. 15 ta bahsda durang kuzatilgan. To'plar nisbati 49\76.

Joriy mavsumning 1-davrasida Namangandagi bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'olib chiqishgan. “Andijon” ushbu raqibini oxirgi bor 2021 yili Namanganda yagona gol evaziga yutgan. SHuningdek, Andijondagi so'nggi g'alaba 2016 yilga to'g'ri keladi. O'shanda ham "burgutlar"ning g'alabasiga birgina gol kifoya qilgan. 

Andijon

Ilhom Alizhonov - 54', Suhrob Berdiyev - 90'

Superliga. 19-tur

23/09/2023, 18:00

1
:
2
Tugadi

Navbahor

Abror Ismoilov - 2'

45'
90'
54'  Ilhom Alizhonov
54'  Levan Arveladze
69'  Abduvohid G'ulomov
75'  Levan Arveladze (Ilhom Abdug'aniyev)
83'  Ilhom Alizhonov (Abdurahmon Komilov)
89'  Farhod Sohibjonov (Suhrob Berdiyev)
89'  Farhod Bekmurodov (Sardor Abdunabiev)
90'  Suhrob Berdiyev
2'  Abror Ismoilov
2'  Jamshid Iskanderov
40'  Oston O'runov
64'  Jamshid Iskanderov (ZHasur YAxshiboev)
70'  Doniyor Abdumannopov (Asadbek Sobirzhonov)
90'  Toma Tabatadze
90'  O’tkir Yusupov

"Andijon"ning o'z maydonidagi so'nggi g'alabasida kimlar maydonga tushgan?

14:00 - "Andijon" (Andijon) – "Navbahor" (Namangan) 1:0

Hakamlar: H. Ro'ziev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), I. Xudoydotov (Toshkent)

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent)

O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

Gol: Ro'zimboy Ahmedov 30, - 1:0.

"Andijon": 46. Xurshid Xodjaev, 8. Elman Tagaev, 17. Timur Vasilev, 18. Farhod Bekmuratov, 19. Denis Ilesku, 22. Ro'zimboy Ahmedov, 29. Obid Jo'raboev, 32. Alisher Abduvohidov (91. Alibobo Rahmatullaev, 46), 55. Dilshod Jo'raev, 89. Bobur Akbarov, 90. Pavel Smolyachenko.

Zaxira: 1. Akmal Tursunboev, 4. Azamat Isroilov, 10. Anvar Berdiev, 33. SHoxruh Ergashev, 34. Abror Komilov, 70. Solohiddin Solohiddinov, .

"Navbahor": 34. Artur Parvanov, 7. Akram Bahritdinov, 9. Dilshod Jabborov  (S), 10. Alisher Mahmudov, 21. Azam Aliev, 24. Ilhom Boydadaev, 26. Qahramon Mahamadjonov, 28. Islombek Isoqjonov, 33. Tohir SHamsitdinov, 50. Abdumalik Abdullaev, 99. Ruslan Vagapov.

Zaxira: 32. Mirzohid Mamatxonov, 19. Vladislav Aleksin, 20. G'ayrat Jo'raev, 27. Murod To'ychiboev, 48. Aziz Turg'unboev, 88. Vladislav Nuriev.

Eng yirik g'alabalar

Jamoalarning so'nggi yillardagi o'yinlarida 3tadan oshiq gol urilmayapti. So'nggi bor "Andijon" - "Navbahor" o'rtasidagi uchrashuvda muxlislar gollar yomg'irini ko'rganiga 8 yil bo'ldi. 2015 yilgi mavsumda "burgutlar" raqibini 3:2 hisobida taslim qilgan. 

"Andijon"ning derbidagi eng yirik g'alabalari

05.08.2010. "Andijon" - "Navbahor" 5:1

27.05.2001. "Andijon" - "Navbahor" 4:0

"Navbahor"ning derbidagi eng yirik g'alabasi

13.11.2004. "Navbahor" - "Andijon" 5:0


Turnir jadvalidagi vaziyat 

Jamoa oxirgi 5ta uchrashuvda 5 ochko jamg'ara olgan va bu formatda 12 o'rinda boryapti. Oxirgi marotaba "Navbahor" birinchi davra so'nggida Navoiyda autsayder ustidan g'alaba qozongan. "Paxtakor" bilan o'rtadagi farq katta. SHunga qaramay "lochinlar"ning hali erga qo'nish niyati yo'q.  

"Navbahor" - OKMK 0:0

"So'g'diyona" - "Navbahor" 2:1

"Navbahor" - "Paxtakor" 1:2

"Metallurg" - "Navbahor" 1:1

"Qizilqum" - "Navbahor" 1:2

"Andijon" esa so'nggi 5ta o'yinning 3tasida nursiz durang qayd etdi, "Olimpik"ni mag'lub etdi va "Bunyodkor"ga mag'lub bo'ldi. Turnir jadvalida chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi" va "Nasaf"dan ochko oldi. Hozirda "burgutlar"da g'alaba qozonish orqali bir pog'ona ko'tarilib olish imkoni mavjud. Kecha "Surxon" yo'qotgan 3 ochkoga "Andijon" ega chiqishi mumkin. To'purarlar jadvalida Rubin Xebay bugun CHeranga etib olishi mumkin. Ayni paytda CHeranda 11, Nimeli va Xebayda 10tadan gol bor. 

"Andijon" - "Nasaf" 0:0

"Andijon" - "Surxon 0:0

"Bunyodkor" - "Andijon" 2:1

"Andijon" - "Olimpik" 2:1

"Neftchi" - "Andijon" 0:0


O'n martta gapirgandan bir martta ko'rgan afzal deganlaridek, yaxshisi barchaga yoqimli tomosha tilaymiz. Vodiy derbisida kim g'alaba qozonadi?

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика