"Al Hilol" yangi bosh murabbiy uchun 38 mln evrodan voz kechishga tayyor
21 iyu 2023 01:16
Yangiliklar
"Al Hilol" yangi bosh murabbiy uchun 38 mln evrodan voz kechishga tayyor
"Al Hilol"dagilar Serjiu Koysensauni bosh murabbiylik postiga olib kelishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni klubi portugaliyalik mutaxassisga yuqori maoshli 3-4 mavsumlik shartnoma taklif qilishga tayyor turibdi. "Record" nashrining yozishicha, klub bilan shartnoma imzolagan taqdirda murabbiy yiliga 20 mln evro maosh olishi mumkin.
Undan tashqari, "Al Hilol" murabbiyning 18 mln evrolik tovon pulini "Portu"ga to'lab berishga rozi bo'lgan. O'z navbatida Serjiuning o'zi ham Saudiya Arabistonidan takliflarni qabul qilib olgan, biroq u Osiyoda ishlashni niyat qilmayapti.
Fikrlar