So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  26 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  227 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

"Al Hilol" ustozi: "Biz O'zbekistondan vaziyatni o'zgartira olishimizga to'liq ishongan holda ortga qaytgandik" Yangiliklar

"Al Hilol" ustozi: "Biz O'zbekistondan vaziyatni o'zgartira olishimizga to'liq ishongan holda ortga qaytgandik"

"Al Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezus "Paxtakor"ga qarshi bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz intizom va yuqori mahorat darajasini namoyish etdik, o'zbek jamoasining xavfli harakatlarini bartaraf etdik hamda o'yinni o'zimizga kerakli bo'lgan tarzda boshqara oldik.

Raqibimizni yuqori tezlikda o'ynashga majbur qildik. Muxlislarni alohida tabriklayman, ular jamoani kutib olishdan boshlab juda muhim rol o'ynadilar. Bu Chempionlar ligasiga munosib o'yin bo'ldi. Ushbu musobaqada g'alaba qozonishga muxlislarning katta ishtiyoqi bor va biz jamoa sifatida bu ishtiyoqni his qilyapmiz. Biz O'zbekistondan vaziyatni o'zgartira olishimizga to'liq ishonch bilan kelgandik" - deya fikr bildirdi Jorje Jezus "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng.

Jamoaning bugungi o'yini va avvalgi o'yinlar o'rtasidagi farq haqida:

"Chempionlar Ligasi mening shaxsiy maqsadim. Janubiy Amerika mintaqasidagi shunday musobaqada g'olib bo'lganman va Osiyoda ham g'olib bo'lishni istayman. Farq shundaki, fevral oyida biz faqat tiklanish mashqlarini o'tkazdik va vaqt tanqisligi tufayli ularni mukammal tarzda bajara olmadik. Aynan shu holat o'tgan o'yinlar bilan bugungi o'yin o'rtasidagi asosiy farqni yuzaga keltirdi. Biz har uch kunda o'yin o'tkazmoqdamiz"


Jamoaning ko'plab jarohatlar fonidagi keyingi o'yinga tayyorgarligi haqida:

"Men bunday musobaqalarda ishtirok etish bo'yicha katta tajribaga egaman. Evropada ham, Braziliyada ham tig'iz jadval sharoitida ishlaganman, biroq jamoa tarkibi keng bo'lishi kerak. Bu yil o'yinchilar ro'yxati qisqartirilgani sababli, "Al-Nasr" va "Al-Ahli"da ham, bizda ham, rotaciya qilishga imkoniyat kamaydi. "Real Madrid" kabi barcha etakchi klublar ham taqvim zichligi tufayli ko'plab jarohatlar bilan to'qnashadi.

Bazilar jamoaning jismonan tayyor emasligi yoki bunga fitnes murabbiy aybdor, deb aytayotganini ko'rdim. Bunday fikrdagilar yaxshisi jim tursin. Masala jismoniy yuklamalar bilan emas, ularning o'yinlar va tiklanish orasidagi taqsimoti bilan bog'liq. Aynan tayyorgarlik dasturini tanqid qilayotganlar bu borada mutlaqo nohaqlar. Ular hech nima tushunishmaydi.

Tanaffusdan oldin yana bir o'yinimiz bor. Keyingi uchrashuv men uchun finalga teng. Maqsadimiz yana chempionlikni qo'lga kiritish va bu juda muhim. Osiyo Chempionlar ligasi men uchun alohida ahamiyatga ega, biroq milliy chempionat ham ustuvor hisoblanadi, shu sababli futbolchilarning tiklanishi hal qiluvchi omil bo'ladi"



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика