So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

OCHL-2020. "Paxtakor" 10 kishi bo'lib "Al Hilol"ga mag'lub bo'ldi. G'alaba to'pi so'nggi soniyalarda urildi Yangiliklar

OCHL-2020. "Paxtakor" 10 kishi bo'lib "Al Hilol"ga mag'lub bo'ldi. G'alaba to'pi so'nggi soniyalarda urildi

Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


Osiyo chempionlar ligasi, 3-tur
"AL HILOL" (Saudiya Arabistoni) - "PAXTAKOR" (O'zbekiston) - 2:1
14 sentyabr 2020 yil. Doxa. "Al Janub" stadioni. 23:00 (Toshkent vaqti)

Hakamlar:
Ko Xyun Jin, Yon Kvan Yeol, Pak San Jun, Kim Day Yon (Janubiy Koreya).
Nazoratchi:
Ismoil Hafi (Iordaniya).
Komissar:
Bashir Abdul Holiq (Livan).

Gollar: Sebastyan Jovinko 45+2, - 1:0. Eren Derdiyok 71, - 1:1. Xatan Bahberi 90+7, - 2:1.

"Al Hilol": 1.Abdulloh Al Muayuf, 9.Sebastyan Jovinko, 12.Yosir SHahroni, 16.Nossir Al Davsari (27.Xattan Bahberi,82), 17.Abdulloh Al Hafiz, 18.Bafetimbi Gomis, 19.Andre Karrilo, 20.Jan Xyun Su, 22.Amir Kurdi (5.Ali Xodi Al Bulayhi, 89), 28.Muhammad Kanno, 29.Salim Al Davsari,
Zaxira: 31.Abdulloh Al Jadani, 40.Navaf Al Gamdi, 8.Abdulloh Otayf, 23.Madallah Ali Ololayan, 32.Muteb Al Mufarrij, 35.Mansur Al Beshf, 54.Muhammad Al Kunaydiri, 70.Muhammad Jahfali.

"Paxtakor": 25. Eldorbek Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan CHeran, 11. Igor Sergeev (77. Eren Derdiyok, 62), 15. Egor Krimec, 17. Dostonbek Hamdamov (35. Sanjar Quvvatov, 67), 20. Odiljon Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo'jaev (21. Abrorbek Ismoilov, 67), 34. Farruh Sayfiev (4.Akrom Komilov, 85).
Zaxira: 6. Alisher Salimov, 7. Sadriddin Abdullaev, 8.Asadbek Sobirjonov, 23.SHerzod Azamov, 29.Vladimir Kozak, 99. Javohir Sidiqov.

Ogohlantirishlar: Yosir Al SHahroni 26, Dragan CHeran 81, Anzur Ismoilov 90, Akrom Komilov 90+3.

CHetlatish: Eldorbek Suyunov 65.



Al Hilal

Sebastian Giovinco - 45', Hattan Sultan Bahbri - 90'

AFC Champions League Grp. B . 3-tur

14/09/2020, 23:00

1
:
2
Cancelled

Pakhtakor Tashkent

Eren Derdiyok - 70'


YANGILASH



90+8. Uchrashuv yakunlandi. "Al Hilol" - "Paxtakor" 2:1

90+7. GOL! 2:1. Xatan Bahberi jarima maydoni tashqarisidan zarba berib gol urdi, to'p yo'l yo'lakay Anzur Ismoilovga tegib darvozadan joy oldi. 



90+5. Yosir Al SHahroni o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

90+3. Ogohlantirish. "Paxtakor". Akrom Komilov

90+3. Gomis o'yindan tashqari holatda qolib ketdi, takroriy lavhalarda ofsayd ko'rinmadi

90+1. UXX! Akrom Komilov sal qolsa penaltiga sabab bo'lishi mumkin edi

90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shib berildi

90. Ogohlantirish. "Paxtakor". Anzur Ismoilov

89. O'zgarish. "Al Hilol". Amir Kurdi o'rniga Ali Xodi Al Bulayhi

88. Bahebri Alijonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi

86. ZARBA! Kariloning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni ushlab oldi

85. O'zgarish. "Paxtakor". Sayfiev o'rniga Komilov tushdi

82. O'zgarish. "Al Hilol". Nossir Al Davsari o'rniga Xattan Bahberi

81. Ogohlantirish. "Paxtakor". Dragan CHeran

80. Fakt! Eren Derdiyok OCHLda uchinchi o'yinda maydonga tushib o'zining birinchi golini urdi

75. Hisob tenglashganidan keyin "Al Hilol" hujumkorlikni oshirdi

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! EREN DERDIYOK 1:1. Masharipov to'pni CHeranga uzatdi, CHeraning zarbasini posbon qaytardi, qaytga to'pni Derdiyok darvozaga yo'lladi. 






69. ZARBA! Jovinkoning zarbasi bu safar jonli devorga tegib qaytdi!

67. O'zgarishlar. Sobirxo'jaev o'rniga Abror Ismoilov, Hamdamov o'rniga darvozabon Quvvatov tushdi

65. QIZIL KARTOCHKA! Eldorbek Suyunovga jarima maydoni tashqarisida to'pni qo'li bilan qaytargani uchun 

62. O'zgarish. "Paxtakor". Igor Sergeev o'rniga Eren Derdiyok tushdi

61. ZARBA! Jovinkoning zarbasini Alijonov qaytardi

58. "Paxtakor"ning uzoq davom etgan hujumini Alijonov o'ng qanotdan darvozaga zarba bilan tugatdi, kuchsiz zarbadan keyin to'pni posbon ushlab oldi

57. Masharipov chap qanotda Jang tomonidan yiqitildi, jarima to'pi

55. O'yin teng kurashlar ostida davom etmoqda.

48. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan Hamdamov to'pni uzatdi, CHeran zarba bermoqchi bo'ldi, ammo Al Hafiz to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45+2. GOL! Jovinko jarima to'pini ajoyib tarzda darvozaga joylab qo'ydi 1:0




45+1. UXX! Sayfiev hozir jarima maydoniga yaqin joyda Jovinkoni yiqitdi va xavfli jarima to'pi!

42. UXXX! Anzur Ismoilovning qo'pol xatosidan keyin Gomis akrobatik zarba berdi, noaniq

41. Masharipov o'zi ishlagan jarima to'pini amalga oshirdi, to'pni posbon osongina ushlab oldi

40. Xavfli vaziyat! Hamrobekov uzatgan to'pni Hamdamov boshi bilan sheriklariga tashlab berdi, bu erda CHeran to'pni Masharipovga oshirdi, Jalolning kuchsiz zarbasini Al Muayuf ushlab oldi!

33. UXXXX! Masharipov ikki raqibni ortda qoldirib to'pni sheriklariga uzatdi, ammo Sergeev darvozaga zarba bera olmadi! 

30. XAVFLI VAZIYAT! ZARBAAA! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni chap qanotdagi SHahroni boshi bilan markazga uzatdi, bu erda Gomis noaniq zarba berdi, aks holda...



28. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Mana endi Sergeev o'zining sevimli chap oyog'i bilan kuchli zarba berdi, darvozabon to'pni ushlab oldi! 

27. ZARBAAAA! Igor Sergeev yana bir qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammo o'zi uchun noodatiy bo'lgan o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi o'xshamadi va darvozabon o'z o'rnida


26. Ogohlantirish. "Al Hilol". Yosir Al SHahroni

21. CHeran hozir raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi, jarima to'pi amalga oshirildi va CHeranning o'zi to'pni qaytardi

19. CHeran-Masharipov-Sergeev kombinaciyasi noaniq pas tufayli oxiriga etmay qoldi

15. "Paxtakor" kuchli raqibga qarshi munosib o'ynamoqda, ammo gol ura olmayapti

10. ZARBAA! Igor Sergeev raqib jarima maydoni ichidan noaniq zarba berdi 

9. "Paxtakor"ning hujumi, Masharipovning chap qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

7. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Igor Sergeev! Darvozabonning xatosidan keyin gol urishi mumkin edi, ammo posbon to'pni qaytardi! 



6. "Paxtakor" qarshi hujumga o'tishga urindi, ammo Masharipovning to'p uzatishi noaniq chiqdi

6. ZARBAAAAAAAAA! Burchak to'pidan keyin yana Suyunov o'zini ko'rsatdi! 

5. ZARBAAAAAAAAAAA! CHap qanot himoyachisi Yosir Al SHahroni hozir tezkor hujumni tashkil etdi, o'tkir burchakdan yo'llangan zarbadan keiyn Suyunov seyv namoyish etdi. 

3. Maydon markazida Gomis Masharipovga nisbatan qo'pol o'ynadi

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A "Paxtakor"!

- Uchrashuv 23:00da boshlanadi


Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика