"Al Hilol" – "Navbahor" o'yini Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinadi
17 sen 2023 18:27
Yangiliklar
"Al Hilol" – "Navbahor" o'yini Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinadi
Xabaringiz bor, "Navbahor" ertaga Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi bahslarni boshlaydi va ilk o'yinini safarda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga qarshi o'tkazadi.
"Mazkur uchrashuvga qiziqish yuqoriligi, qolaversa, namanganlik muxlislarning talab hamda istaklariga binoan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, klub rahbariyati tashabbusi bilan "Navbahor" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Markaziy" stadionidagi katta monitorda "Al Hilol" – "Navbahor" o'yinini jonli efirda namoyish etish rejalashtirilmoqda va bu borada ishlar olib borilmoqda.
Sevimli jamoamizni masofadan qo'llab-quvvatlashga ahd qilgan muxlislarni ertaga "Markaziy" stadioniga taklif etamiz", – deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Al-Hilol" – "Navbahor" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar