“Al Hilol” bosh murabbiyi: “Gomis hozir super formada”
19 fev 2020 15:42
Yangiliklar
“Al Hilol” bosh murabbiyi: “Gomis hozir super formada”
“SHabab Al Ahli” bilan bo'lgan bahsdagi g'alabadan so'ng (2:1) matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Rezvan Luchesku o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Juda qiyin bahs bo'lishiga qaramay , g'alabaga erishdik. Lekin bu natijaga qarab qolmaymiz, hali guruhda qiladigan ishlar ko'p.
Raqib gol urib olgach, birinchi bo'limda to'pni yaxshi nazorat qildi. O'yinni qaytarishimiz oson bo'lmadi. Men legionerlarga ko'proq imkon beraman va bu o'zini oqlamoqda. Gomis hozir super formada. Lekin bazi bir yo'qotishlarga ham uchrayapmiz. Asosiy futbolchilarimizdan biri Otayf kutilmaganda jarohat oldi va bu taktikamizni keskin o'zgartirib yubordi. Uning o'rnini to'ldirish hozir biz uchun katta muammo”, - deydi ruminiyalik murabbiy.
Eslatib o'tamiz, “Al Hilol” navbatdagi o'yinini 3 mart kuni “Paxtakor”ga qarshi o'z maydonida o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar