"Al Hilol" AGMK bilan bashdan oldin muhim o'yinda mag'lub bo'ldi
10 apr 2021 13:26
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630265_original.jpg)
![](/upload/storage/630265_220.jpg)
"Al Hilol" AGMK bilan bashdan oldin muhim o'yinda mag'lub bo'ldi
Peshqadam "Al Hilol" safarda "Al Ittihod" mehmoni bo'ldi. Birinchi taymda mezbonlar ikkita gol urishdi va yakunda 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi.
SHunday qilib, "Al Hilol" OCHL guruh bosqichidan oldingi so'nggi bahsda uchinchi o'rindagi "Al Ittihod"ga yutqazib qo'ydi. "Hilol" ichki chempionatda bundan oldingi 4ta o'yinning barchasida g'olib bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" 15 aprel kuni O'zbekistoning AGMK klubiga qarshi o'yin bilan OCHL guruh bosqichini boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
Saudiya Arabistoni chempionati, 25-tur
9 aprel 2021 yil
"Al Ittihod" - "Al Hilol" 2:0
Gollar: Abdulmuhsin Fallatah 26, Saud Abdul Hamid 45.
"Al Hilol": 1.Abdulloh Al Mayuf, 12.Yosir Al SHahroni, 20.Jang Xyun Su, 2.Muhammad Al Burayk (22.Amiri Kurdi, 72), 5.Ali Albulayhi, 9.Sebastyan Jovinko (27.Xattan Bahberi, 46), 6.Gustavo Kuelyar (28.Muhammad Kanoo, 83), 19.Andre Karilo, 16.Nosir Al Davsari (8.Abdulloh Al Otayf, 46), 18.Bafetimbi Gomis (11.Solih Al SHehri, 72), 10.Lusiano Vetto.
Ogohlantirish: Amiri Kurdi 77.
Al Ittihad Abdulmuhsen Fallatah - 26', Saud Abdulhamid - 45' |
Saudi Professional League . 25-tur 09/04/2021, 23:50 0
:
2
Tugadi
|
Al Hilal |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar