So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  2 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   1 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

"Al Garafa"ning o'zbek klubiga qarshi so'nggi o'yini qanday bo'lgandi? Yangiliklar

"Al Garafa"ning o'zbek klubiga qarshi so'nggi o'yini qanday bo'lgandi?

Teglar :  Al GarafaAGMK
Xabaringiz bor, AGMK jamoasi 7 aprel kuni OCHL saralashi doirasida "Al Garafa"ga qarshi bahs olib boradi.

SHu boisdan Qatarning ushbu jamoasining o'zbek klubiga qarshi kechgan so'nggi o'yini haqida to'xtalamiz.

2018 yilning 30 yanvari. "Paxtakor" OCHL guruh bosqichiga chiqishi uchun Qatarda "Al Garafa"ni mag'lub etishi kerak edi. Tarkibida Mehdi Taremi, Uesli Sneyder kabi futbolchilari kabi yuqori sifatli futbolchilar yig'ilgandi. Ammo jamoa 2013 yilgi mavsumdan buyon OCHLda ishtirok etmas, futbolchilar ham guruh bosqichiga chiqish uchun yonishardi.

O'z navbatida 2017 yilgi mavsumning ikkinchi davrasidan keyin SHota Arveladze qabul qilib olgan "Paxtakor"ning tarkibi ham, o'yinlari ham chakki emasdi. Qishda tarkibini ajoyib futbolchilar bilan kuchaytirib olgan "sherlar"dan barcha juda ko'p narsalarni kutayotgandi.

"Al Garafa" - "Paxtakor" 2:1 

Hakamlar: Mohanad Qosim Sarray, Moayad Muhammad, Voziq Svaedi, Zaid Tamir (Iroq).

Hakamlar nazoratchisi: Omar Abu Lum (Iordaniya).

Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).

Gollar: Sneyder 20 penalti, - 1:0. Diego Amado 28, - 2:0. Jasurbek Hakimov 90+3, - 2:1.

"Al Garafa":  Qosim Burxon, Mahdi Muxtor (Said Haq, 11), Roberi Fassiana, Fahid SHammari, Monkez Adi, Assim Modibo (Xolid Zereqi, 76), Diogo Amado, Abdulaziz Hatim (Tamir Jamol, 65), Ahmad Alaaldin, Uesli Sneyder (s), Mehdi Taremi

Zaxira: Yusuf Hassan, Yusuf Mufta, Otman Yahri, Moayad Hassan.

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, SHerzod Azamov, Marko Simich (s), Akmal SHorahmedov, Dilshod Rahmatullaev, Azimjon Ahmedov (Jasurbek Hakimov, 76), Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Bahrom Abdurahimov (Jasurbek Yaxshiboev, 62), Tiago Bezerra.

Zaxira: Eldorbek Suyunov, Akbar Ismatullaev, Kamoliddin Tojiev, Farruh Sayfiev, Rostin Griffits

Ogohlantirishlar: Jamshid Iskanderov 22, Mehdi Taremi 48, Assim Modibo 68, Said Haq 85, Marko Simich 85.

Uchrashuv biz kutgandek yoqimli boshlanmadi. Dastlabki daqiqalardanoq "Al Garafa" hujum tashkil qildi. Ammo "Paxtakor" endi o'yindagi muvozanatni tiklayotganida dastlabki "qovun" tushurildi. 19-daqiqada Jamshid Iskanderov chap qanotdagi sherigiga to'p uzatayotgan chog'ida to'p Mehdi Taremining boshiga tegdi va havoga ko'tarilib ketdi. SHu paytda to'p uchun kurash olib borgan Marko Simich eronlik raqibini itarib yiqitgani uchun penalti belgiladi. Nafaqat Niderlandiya, balki, dunyo futboli yulduzi Uesli Sneyder penaltidan unumli foydalandi.

Penaltidan urilgan goldan sal o'tib, ikkinchi "qovun" tushurildi. Balki, uchrashuvning kulminacion vaziyati shudir. 28-daqiqada "Paxtakor" o'z tarixidagi eng kulgili golni o'tkazib yubordi. Diego Amadoning zarbasidan keyin to'p Aleksandr Lobanovning qo'ltig'i ostidan o'tib ketdi...

Birinchi bo'limning o'zida "Paxtakor" hisobni qisqartirishi mumkin edi. 41-daqiqa. Jaloliddin Masharipovning burchakdan uzatgan to'pini Qosim Burxon qaytarish chog'ida xatolikka yo'l qo'ydi. To'p Tiago Bezerraning oyog'iga kelib tushdi. Ammo u bo'm-bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi. Goldan bizni atigi 6 metr ajratib turgandi holos. Braziliyalik futbolchi gol ura olmaslik qiyin bo'lgan vaziyatda ana shu vazifani uddaladi.

75-daqiqa. "Paxtakor" gol urish uchun yana bir ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi. Jasur Hakimov bir urinishda bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilish kerak edi. Ammo forvard to'pni to'xtatib, zarba bergunicha raqibi o'zini vaziyat qurboniga aylantirdi.

90+3-daqiqa. Raqiblarning qo'pol xatosidan keyin Jasur Hakimov vaziyatdan foydalanib ketdi. Nihoyat, "Paxtakor" o'yinni quruq hisobda yakunlamasligi aniq bo'lib turgan bir paytda...

...Oradan bir daqiqa o'tib, Marko Simich o'yin qahramoni bo'lib ketishi mumkin edi. Himoyachilarning xatosidan keyin Vladimir Kozak to'pni hujumdagi, aniqrog'i, raqib darvozasi yonidagi Markoni to'p bilan taminladi. Himoyachi Qosim Burxon bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. 

Alamli o'yin bo'lgandi. "Paxtakor" hisobni tenglashtirishi ham mumkin edi. Ammo SHota Arveladze shogirdlari ajoyib imkoniyatlardan foydalana olmagandi. O'sha yili "Al Garafa" OCHL guruh bosqichida 8 ochko to'pladi va pley-offga chiqa olmadi. 2019 yili esa jamoa OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun "Zob Axan"ga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alaba qozonib turgan joyida 3 gol o'tkazib yubordi.

"Al Garafa" shu kunga qadar OCHLda o'zbek klublaridan "Paxtakor" bilan o'ynagan: 4 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat.


"Al Garafa" - "Paxtakor" 2:2

19 mart 2008 yil. 

Gollar: Yunus Mahmud (57), Arauxo (65) - Asror Aliqulov (69), Farhod Tojiev (77).


"Paxtakor" - "Al Garafa" 2:0

21 may 2008 yil.

Gollar: Zayniddin Tojiev (19), Odil Ahmedov (88-pen).


"Al Garafa" - "Paxtakor" 1:0

11 may 2010 yil.

Gol: Arauxo (86-pen).


"Al Garafa" - "Paxtakor" 2:1

30 yanvar 2018 yil.

Gollar: Uesli Sneyder (20-pen), Diego Amado (28) - Jasur Hakimov (90+3).


Eslatib o'tamiz, OCHL pley-off doirasidagi "Al Garafa" — AGMK uchrashuvi 7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:20da boshlanadi. 

Muallif : Mirjalol Normatov
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика