"Al Garafa" Jahon chempionini o'z safiga qo'shib olmoqchi
28 iyu 2020 17:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583682_original.jpg)
![](/upload/storage/583682_220.jpg)
"Al Garafa" Jahon chempionini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas yozda Yaqin SHarqqa yo'l olishi mumkin.
33 yoshli ispaniyalik futbolchini "Al Garafa" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Sesk "Monako"ga 2019 yilning yanvar oyida "CHelsi"dan 9 million evro evaziga o'tgandi. Futbolchining transfer narxi hozirda 6,5 million evroni tashkil etadi.
Fabregas joriy mavsum "Monako" tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Sesk 2010 yil Ispaniya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar