"Al Faysali" murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani ertaga bo'ladi
29 jan 2018 20:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/303190_original.jpg)
![](/upload/storage/303190_220.jpg)
"Al Faysali" murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani ertaga bo'ladi
Avval xabar berganimizdek, “Al Faysali” klubi futbolchilari va rasmiy delegaciyasi, bugun kechki payt Qarshiga etib kelishdi.
Aslida ular ishtirokidagi matbuot anjumani bugun soat 17:00da bo'lishi rejalashtirilgan edi. Mehmonlarning Qarshiga kechikib kelganlari bois, ular ishtirokidagi rasmiy tadbirlar bugun o'tkazilmadi.
“Al Faysali” klubi vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani ertaga, yani 30 yanvar kuni soat 10:30da o'tkaziladigan bo'ldi. Matbuot anjumanida jamoa murabbiyi Neboysya Yovovich va jamoaning 13-raqamdagi yarim himoyachisi Xalil Baniatiyalar ishtirok etishadi. Xalil Baniatiyah jamoa sardori hamdir.
"Nasaf" klubi tomonidan akkreditaciyadan o'tgan barcha jurnalistlarni, “Markaziy” stadionida bo'ladigan matbuot anjumaniga taklif etamiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar