So’nggi yangiliklar

19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  1 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  2 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  0 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  5 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  3 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  1 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  1 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  4 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  4 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  3

"Al Faysali" bosh murabbiyidan aeroportda olingan intervyu Yangiliklar

"Al Faysali" bosh murabbiyidan aeroportda olingan intervyu

Xabaringiz bor, ertaga Qarshining "Nasaf" klubi o'z maydonida OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun Iordaniyaning "Al Faysali" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

"Al Faysali" azolari haliyam Toshkentdagi mahalliy aeroportda Qarshiga uchadigan reysni kutishmoqda. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli samolyot hali ko'tarilgani yo'q. Hozircha qachon uchishi nomalum. Aeroportda bo'lib turgan saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov fursatdan foydalanib "Al Faysali" bosh murabbiyi Neboysa Yovovichdan intervyu oldi.

- Belgilangan vaqtda uchib keta olmayotganimiz jamoangizga tasir ko'rsatadimi?  
- Biz ob-havoni o'zgartira olmaymiz. Albatta, vaziyatga qarab ish tutyapmiz. Vaqtida uchib keta olmayotganimiz hammani asabiylashtiryapti, lekin iloj qancha. Biz anchadan paytdan beri aeroportda turibmiz. Hammasiga xotirjam qarashga harakat qilyapmiz.

- "Al Faysali" oxirgi 5-6 yil ichida 22 marta bosh murabbiyni o'zgartirgan. Buning boisi nimada?
- To'g'risi, men bu haqda o'ylayotganim yo'q. Qolaversa, bu savolga klub rahbarlari javob beradi. O'tgan yil o'zim shu jamoada ishni boshlagandim, keyin Misrga ketdim va yana qaytib keldim. Qo'l ostimda bu jamoa uchta sovrinni qo'lga kiritdi: chempionlik, Kubok va Superkubok. SHuningdek, arab chempionlar ligasining finalida o'ynadik. Men aslida "Al Faysali"dan ketmoqchi emasdim, chunki yaxshi jamoani shakllantirayotgandim, ammo shunday bo'lib qoldi.

- "Al Faysali" oldiga OCHLda qanday vazifa qo'yilgan?
- Ertangi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, avvalo muxlislarga Iordaniya futbolini ko'rsatmoqchimiz. Yaxshi o'ynab guruhga chiqsak, bundan hammamiz xursand bo'lamiz.

- "Nasaf"ni qanchalik o'rgandingiz?
- Albatta, raqib haqida yaxshi malumotga egamiz. "Nasaf" kuchli jamoa ekanini bilamiz. Bu klubda to'p tepayotgan Dragan CHeran o'z vaqtida Saudiya Arabistonida qo'l ostimda o'ynagandi. Uni yaxshi hujumchi deb hisoblayman.

- CHerandan tashqari yana kimlarni bilasiz?
- Raqib futbolchilarini o'rganish murabbiyning ishi. Buni yaxshi bilaman. Ammo meni ko'proq nomlar emas, balki jamoaning o'yin uslubi, umuman qanday futbol o'ynashi qiziqtiradi.

- "Al Faysali" "Nasaf"ga qarshi qanday o'yin namoyish etadi: hujumkormi yoki himoyaviymi?
- Futbol taktikasi oddiy: gol urish va o'tkazmaslik. Albatta, men hozir barcha kartalarni ocha olmayman, lekin bizning ham o'zimizga yarasha rejamiz bor. Aytib o'tganimdek, chiroyli o'yin ko'rsatishni xohlaymiz. "Al Faysali" oddiy jamoa emas va buni ertangi o'yinda ko'rasizlar.


Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика