So’nggi yangiliklar

16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  0 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   18 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  1 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  10 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  14 13:08Гвардиола "Барселона" ҳақида: "Бундай ўйин билан стадионлар ҳеч қачон бўш қолмайди"  14 12:39Улуғбек Бакаев "Бухоро"даги фаолиятини давом эттирадими?  6 12:12"Ямаль Мессидан яхшироқ". "Барселона" собиқ футболчиси ҳайратланарли баёнот билан чиқди  15 11:46МЮ "Вулверхэмптон" голеадори учун 62,5 млн фунт тўлашга тайёр  0 11:19Франция хорижда ўйнаётган энг яхши футболчисини аниқлайди. Номзодлар ичида Мбаппедан ташқари яна кимлар бор?  14 10:50ПСЖ етакчиси «Арсенал»га қарши жавоб учрашувида майдонга тушмаслиги мумкин  16 10:23Кевин Де Брюйнега асосий даъвогар жамоа маълум  2

"Al Faysali" bosh murabbiyi: "Birinchi o'yinda bo'lgani kabi bu safar ham yutishga harakat qilamiz" Yangiliklar

"Al Faysali" bosh murabbiyi: "Birinchi o'yinda bo'lgani kabi bu safar ham yutishga harakat qilamiz"

Ertaga "Nasaf" Saudiya Arabistonining "Al Faysali" klubiga qarshi OCHL 4-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Bugun bo'lib o'tgan o'yinoldi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Marinos Ouzunidis ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- Hammaga Assalomu Alaykum. Ertaga bo'lib o'tadigan o'yin bilan Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi davra o'yinlari boshlanadi. O'tgan tur "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag'lub etdik. O'ylaymanki, ertaga ham omad biz tomonda bo'lib, yana yutishga harakat qilamiz. "Nasaf" - juda jiddiy raqib, birinchi o'yinda bizga ancha qiyinchilik tug'dirdi. Lekin bu - futbol, ertaga nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. 


- Sizningcha, "Nasaf"ga qarshi ikkinchi o'yin qanday kechadi? 

- Har uch kunda maydonga tushayotganimizni hisobga olsak, nimadir katta o'zgarish bo'ladi deya olmayman. O'ylaymanki, "Nasaf" ham shunday yo'l tutadi. Menimcha, har ikki jamoa o'z o'yin uslubiga sodiq qolgan holda harakat qiladi. 


- Futbolchilar ro'za tutmoqda. Bu mashg'ulot va o'yinga o'z tasirini o'tkazyaptimi? 

- SHuni aytishim kerak, bizda juda kuchli tibbiy xizmat ishlayapti. SHifokorlarimiz va murabbiylar har doim futbolchilar holidan xabar olib turibdi. SHu bois qanaqadir xavotirga o'rin yo'q deb o'ylayman. Biz o'yinlar Ramazon oyida bo'lib o'tishini hisobga olib, shunga yarasha reja ishlab chiqqanmiz. Va shu reja bo'yicha ishlashda davom etyapmiz. Futbolchilarimiz tezda tiklanishlari uchun jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyimiz bilan shifokorlar qattiq ishlayapti.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика