So’nggi yangiliklar

16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  1 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  2 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1 14:24Кейлор Наваснинг "Монца"га трансфери барбод бўлди  1 13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  7 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  6 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  2 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  7 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  3

"Al Ahli" Qarshida "Nasaf"dan uch ochko oldi Yangiliklar

"Al Ahli" Qarshida "Nasaf"dan uch ochko oldi

Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
OCHL. 4-tur. "D" guruhi

“NASAF” – “AL AHLI” (BAA) 0:1

7 aprel 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 19:00

Hakamlar
: Kim Jong Xyok (J.Koreya), Jeong Xae Sang (J.Koreya), Yun Kvang Yeol (J.Koreya), Alongkorn Feemuchang (Tailand).

Nazoratchi
: Umar Abu Lum (S.Arabistoni)

Uchrashuv komissari
: Dr. Lin Veiguo (Xitoy)

Gol
: Ribeyro (81)

"Nasaf"
: 25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov (27.Ilhom Yunusov, 61), 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abdurahimov (99. Oleksandr Kablash, 83), 20.Erkin Baydullaev, 23.SHerzod Azamov, 28.SHuhrat Muhammadiev (22.SHohruh Gadoev, 70), 32.Hamza Karimov, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira
: 30. O'tkir Yusupov, 5. Botir Qoraev, 6. Azizjon G'aniev, 22. SHohruh Gadoev, 33. Odiljon Hamrobekov, 99. Oleksandr Kablash.

"Al Ahli"
: 12.Ahmad Ashshori, 4.Abib Al Fardan, 5.Volid Abbos, 10. Luis Ximenez (70. Volid Husayn, 90), 11.Ahmad Halil, 14.Ossama Assaidi (92. Said Jassim, 90), 21. Xvon Yuk Von, 26.Abdulaziz Husayn, 28. Eysa Ahmad Marzuqi (8. Ribeyro, 66), 62. Abdulaziz Sanqur, 88.Majid Hassan.
Zaxira
: 1.Ahmad Saban, 8. Everton Ribeyro, 20. Said Ahmad, 46. Abdurahmon Yusuf, 70. Husayn Volid, 92. Jassim Seid.

Ogohlantirishlar
: Farruh Sayfiev (2), Xabib Al Fardan (18), Al Marzuqi (32), Abdulaziz Husayn (90)

 
                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                             
YANGILASH
 



- "Nasaf" - "Al Ahli" uchrashuvidan olib borgan onlayn reportajamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha! Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90`
O'zgarish. "Al Ahli". Ossama Assaidining o'rniga Said Jassem tushdi.


90`
Ahmad Halilning jarima zarbasidan tepgan to'pini Suyunov qaytarib yubordi.


90`
O'zgarish. "Al Ahli". Ximenez o'rniga Volid Husayn tushirildi.


89`
Burchak to'pidan so'ng mehmonlar posboni to'pga egalik qildi.


88` XAVFL VAZIYAT!!!!!!!!!!!! HAMZA KARIMOV!!!!! Burchak to'pi.


87`
Uchrashuv davom etadi.


86`
Ishqibozlar tomonidan maydonga narsa uloqtirilgani uchun hakam o'yinni to'xtatib turishga majbur bo'lmoqda.


84`
Arabcha futbol boshlandi. Bu kutilmagan holat emas.


83`
O'zgarish. "Nasaf". Bahrom Abdurahimov o'rniga Oleksandr Kablash chiqdi.


82`
Goldan ruhlangan mehmonlar yana oldinga intilishmoqda.


81` GOL!
Ribeyroning darvoza tomon tepgan to'pi rikoshet xosil qilib darvozadan o'rin oldi, 0:1!


79`
"Al Ahli" burchak to'pini amalga oshirdi. Eldor Suyunov to'pni ikkinchi urinishda ushlab olayotgan paytda raqib futbolchisi unga nisbatan qo'pol harakat qildi. Biroq hakam bu vaziyatga etibor qaratmadi.


78`
"Al Ahli" "Nasaf"ga yuqori bosim o'tkazmoqda.


77`
Ilhom Yunusovning tepgan zarbasi xavfli chiqdi, biroq noaniq.


76`
Stadionga bugun 16930 nafar ishqiboz tashrif buyurgan.


75`
Burchakdan oshirib berilgan to'pni Eldor Suyunov ushlab oldi.


74`
Halilning tepgan to'pi vakillarimizga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.


73`
SHerzod Azamov raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Jarima zarbasi. Ehtiyot bo'lish kerak.


72`
Ximenezning jarima zarbasidan tepgan to'pini Suyunov egallab oldi.


71`
"Al Ahli" burchak zarbasini amalga oshirdi. Bu vaziyat mehmonlar uun samarasiz yakunlandi.


70`
O'zgarish. "Nasaf". SHuhrat Muhammadievning o'rniga SHohruh Gadoev tushdi.


69`
Xavfli hujum! Ribeyroning kuchli zarbasi! Eldor Suyunov!!!!!!!!!!! Everton Ribeyro jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba yo'lladi. Suyunov bu vaziyatda jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.


69`
SHerzod Azamov raqibning xavfli hujumini bartaraf etishda jonbozlik ko'rsatdi. Barakalla!


67`
Vakillarimiz Ahmad Halilning bemalol to'pga zarba berishiga imkoniyat yaratib berishdi. Yaxshi hamki uning tepgan to'pi noaniq ketdi.


66`
O'zgarish. "Al Ahli". Eysa Ahmed Marzuqi o'rniga Ribeyro tushdi.


65`
Ilhom Yunusov uzoqdan kuchli zarba yo'llamoqchi bo'ldi. Biroq zarbasi darvozadan ancha uzoqlikdan o'tib ketdi.


63`
"Nasaf"ning qanotdan uyushtirayotgan hujumlarini raqiblar yaxshi "o'qiy" olishmoqda.


61`
O'zgarish. "Nasaf". Maqsud Karimov o'rniga Ilhom Yunusov maydonga tushdi.


60`
Bahrom Abdurahimov o'zoqdan o'z omadini izlab ko'rdi. Biroq Abdurahimovning tepgan to'pi mo'ljalga aniq bormadi.


60`
Ahmad Halilning zarbasini Eldor Suyunov qiyinchiliksiz ushlab oldi.


59`
Roy Rokning faolligi bilan tashkil etilgan hujum besamar tugadi. Raqib himoyachilari ancha ishonchli harakat qilishmoqda.


58`
Farruh Sayfievning qanotdan jarima maydonchasi tomosh oshirib bergan to'pini Ashori ushlab oldi.


57`
"Nasaf" ancha faollashdi.


56`
SHerzod Azamov endi jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi.


55`
Yana bir jarima zarbasi. Imkoniyat!


55`
"Nasaf" burchak to'pini amalga oshirdi. Biroq mehmonlar ikkinchi qavatda ishonchli o'ynashdi.


54` Artur Gevorkyan!!!!!!!!!! Ahmad Ashori o'z o'rnida.



53`
Yaxshi nuqtadan jarima zarbasi ishlab olindi. Endi buni qoyilmaqom qilib bajarish kerak! Ara, qanisan?


52`
Sanqurning uzoqdan tepgan zarbasi noaniq ketdi.


51`
Standart vaziyatidan vakillarimiz unumli foydalana olishmadi.


50`
Farruh Sayfiev o'z qanoti bo'ylab oldinga intilayotgan vaziyatda qo'pollik bilan to'xtatib qolindi. Jarima zarbasi.


49`
"Nasaf" futbolchilariga oldingi chiziqda ijodkorlik biroz etishmayapti.


48`
Jamoalar ikkinchi bo'limni nisbatan tezkorlik bilan boshlashdi.


47` "Nasaf"ning chap qanotdan uyushtirmoqchi bo'lgan hujumi oxiriga etmay qoldi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!



45`
Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


45`
Ilhom SHomurodovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Jarima to'pi. Lekin bundan naf chiqmadi.


44`
Mehmonlar birinchi bo'lim so'nggiga kelib ancha faollashishdi. Majid Hassanning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.


43`
Xavfli vaziyat! Ahmad Halil darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib bordi va o'tkir bo'rchakdan bo'sh qolgan darvozaga noaniq zarba berdi. Himoyada biroz palapartishlik yuzaga keldi.


42`
Xavfli vaziyat! Himoyachilarimiz biroz tushunmovchilik bilan o'ynashdi va natijada Ahmad Halil qulay vaziyatga ega bo'ldi. Yaxshi hamki uning bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.


41`
Maydonda keskin kurash davom etmoqda.


39`
Farruh Sayfiev qulay vaziyatdan turib darvozaga zarba yo'lladi. Noaniq.


38`
Farruh Sayfievni Roy Rok oldinga boshladi. Biroq Sayfievning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pi noaniq bo'ldi.

 
36`
"Nasaf"ning uzoq davom etgan hujumi samarasiz yakunlandi.


34`
Roy Rok himoyada ishonchli o'ynadi va raqib hujumini bartaraf etdi.


33`
Artur Gevorkyanning jarimadan tepgan to'pi jonli devorga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga ham Gevorkyan zarba berdi. Biroq noaniq.


31`
Maqsud Karimovga nisbatan qo'pollik. Al Marzuqi ogohlantirildi. Jarima zarbasi.


29`
Uchrashuvda qodiabuzarliklar ancha ko'p sodir etilmoqda. Maydonning har bir qarichi uchun keskin kurash bormoqda.


28` Xavfli vaziyat!!!!!!!!!
Ilhom SHomurodov qulay vaziyatga chiqib bordi va darvozaga zarba yo'lladi. Biroq bu vaziyatda Ahmad Ashori ishonchli o'ynadi.


27`
O'yin asosan maydon markazida kechmoqda.


25`
Ilhom SHomurodov hujumda raqibiga nisbatan qoidani buzdi.


24`
Ossama Assaidi jarima maydonchamiz oldigacha kirib keldi va zarba yo'lladi. Noaniq.


23`
SHerzod Azamov himoya juda ishonchli o'ynadi va xavfni bartaraf etdi.


22`
O'yin hozircha xavfli vaziyatlarsiz davom etmoqda. Bu uchrashuvning qiymati har ikkala jamoa uchun juda qimmatli. SHu sababli jamoalar ancha ehtiyotkor o'ynashmoqda.


21`
Bahrom Abdurahimovga nisbatan juda ko'p qoida buzishlar ishlatilmoqda.


20`
Darvoza tomon ilk zarba. Farruh Sayfievning urinishi besamar ketdi.


18`
Xabib Al Fardan to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun ogohlantirildi.


17`
"Nasaf" ham ancha jonlanmoqda. Vakillarimiz oldinga borishga harakat qilishmoqda.


16`
Burchak to'pidan so'ng mehmonlar himoyachi boshi bilan xavfni bartaraf etishga erishdi.


15`
Mehmonlar himoyachilari to'pni maydondan chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi.


15`
Endi chap qanotda Artur Gevorkyan yiqitildi. Jarima zarbasi.


14`
Maydon markazida Bahrom Abdurahimovga nisbatan qoida buzildi.


13`
"Nasaf" to'p nazoratini o'z qo'liga olishga urinmoqda.


12`
"Al Ahli" katta etiborini hujumga qaratmoqda. Ahmad Halilning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.


10`
"Al Ahli" hujum tashkil etishga urinib ko'rdi. Bu vaziyatda himoyachilarimiz ishonchli o'ynashdi.


9`
Artur Gevorkyanning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.


8`
Ajoyib! Vakillarimiz raqibni o'z jarima maydonchasi oldida qurshovga olishdi va natijada Ilhom SHomurodov to'pni raqibdan olib qo'ydi. Unga nisbatan esa qo'pollik ishlatildi. Jarima to'pi.


7`
Mehmonlar azosi Luis Ximenez jarohat olib maydonda yotibdi.


6`
Vakillarimizning dastlabki urinishi samarasiz bo'ldi.


6`
Endi hujum qilish navbati "Nasaf"ga etib keldi.


5`
Gollandiyalik Ossama Assaidi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


4`
"Al Ahli" dastlabki hujumni uyushtirdi. CHap qanot bo'ylab tashkil etilgan hujum samarasiz yakunlandi.


3`
Uchrashuv keskin kurashlar ostida kechishi aniq. Vakillarimiz ehtiyot bo'lishlari talab etiladi. Keraksiz ogohlantirish va chetlatishlar kerak emas.


2`
Dastlabki daqiqalardanoq Farruh Sayfiev raqibiga nisbatan maydon markazida juda qo'pol o'ynadi. Majid Hassan maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Farruh Sayfiev esa ogohlantirildi.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! OLG'A "NASAF"! OLG'A!



- "Nasaf" oq rangli libosda, "Al Ahli" qizil formada o'ynaydi.


- Jamoalar maydonga OCHL madhiyasi sadolari ostida chiqib kelishmoqda...


- Ushbu guruhning boshqa bir o'yini "Traktorsoziy" hamda "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) jamoalari o'rtasidagi bahs (2:2) durang natijasi bilan yakunlandi.


- Uchrashuv boshlanishiga juda oz fursat qoldi...



Media tribuna ikkinchi qavatda joylashgan, ko'rdingiz-a?




- Muhit alo darajada!


- "Markaziy" stadion muxlislar bilan liq to'lgan! Bitta ham bo'sh joy yo'q!


- Jamoalar chigalyozdi mashqlarni yakunlashdi va kiyinish xonasiga yo'l olishdi.





Stadion muxlislar liq to'lgan...


Muxlislar "Nasaf" bilan birga...


- Jamoalar chigalyozdi mashqlarni bajarishmoqda.


- Asosiy tarkiblar malum! Pastroqda to'liq o'qishingiz mumkin.


- Yana bir ozdan so'ng har ikkala jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashqlarni bajarish uchun maydonga chiqib kelishadi.


- "Nasaf" darvozasini bugun Eldor Suyunov qo'riqlaydi. Denis Ivankov hamda O'tkir Yusupov ushbu posbonni o'yin oldidan shug'ullantirishmoqda.



Bugungi uchrashuvni Sport telekanali orqali Zafar Imomxo'jaev sharhlab boradi


"Al Ahli"ning etakchilaridan biri - Ahmad Halil


Kosmin Olariuning o'ylagan rejalari ish bermasa yaxshi bo'lardi...


Mehmonlar joy olgan avtobus ham stadionga etib keldi



Janob Berdievning rejalari ish beradi degan umiddamiz...


Ara, yani Artur Gevorkyan jarohatidan forig' bo'lgan va u bugun "ajdarlar"ning eng asosiy "quroli" sanaladi...


"Nasaf"ning kelajagi deya etirof etilayotgan yoshlar hamda orqada etarli tajriba to'plagan iqtidor egasi SHohruh Gadoev...


Muxlislar "eski" Kablashning o'yinlaridan qoniqishmadi. Bugun "yangi" Kablashni ko'ramiz degan umiddamiz...


SHuhrat Muhammadievdan qarshilik muxlislarning umidlari katta...


"Ajdarlar" stadionga kirib kelishmoqda...



"Nasaf" avtobusi stadionga kirib kelmoqda...



Kim Jong Xyok boshchiligidagi hakamlar brigadasi "Markaziy" o'yingohga etib kelishdi

-

Stadionga muxlislar tashrifi davom etmoqda.

- Har ikkala jamoalar hamda uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi stadionga tashrif buyurishdi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Qarshi shahridagi “Markaziy” o'yingohdan yozamiz!  Netbuk va boshqa ish uskunalarimiz Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion media-tribunasida o'rnatilgan! Bugun Qarshida katta futbol bayrami. “Nasaf” klubi Osiyo chempionlar ligasi “D” guruhi 4-tur uchrashuvini BAAning “Al Ahli” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu bellashuvdan saytimiz orqali matnli onlayn translyacisini uyushtiramiz. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика