So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  10 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

OCHL. "Paxtakor" mag'lub bo'ldi va OCHLni tark etdi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" mag'lub bo'ldi va OCHLni tark etdi

Teglar :  Al AhliPaxtakor
OCHLning 6-turidan o'rin olgan "Al Ahli" - "Paxtakor" uchrashuvi o'tkazildi.

"Al Ahli" - "Paxtakor" 2:1

Gol: Omar al-Soma (69, 1:0), Igor Sergeev (88, 1:1), Abdulrahmon G'arib (90+2, 2:1).

"Al Ahli": 33. Muhammad Ovays, 3. Muhammad Fatil, 17. Paulo Diaz (16. Nuh Ibrohim, 46), 23. Abdulloh Tarmin, 37. Abdulbosit Hindi, 75. Aderlan Santos, 35. Yusuf Harbi (8. Taysir al-Jassim, 53), 7. Salman Muvashar, 10. Abdulfattoh Asiri, 21. Xorxe Semedo, 9. Omar Soma (s).
Zaxira: 66. Bosim Solih, 28. Ayman Alhulayf, 30. Hani Ismoil, 77. Omar Siroj

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 34. Farruh Sayfiev, 15. Egor Krimec (55. Marko Simich, 80), 23. SHerzod Azamov, 3. Hojiakbar Alijonov, 20. Odil Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo'jaev (29. Vladimir Kozak, 63), 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan CHeran, 17. Dostonbek Hamdamov (11. Igor Sergeev, 46), 21. Marat Bikmaev.
Zaxira: 1. Eldborbek Suyunov, 4. Akramjon Komilov, 6. Jahongir Ahmadov, 44. Sobit Sindarov.

Ogohlantirish: Yusuf al Harbi (38), Krimec (51), Hindi (73), Abdulloh Tarmin (82), Alijonov (86).

YANGILASH

O'YIN TUGADI! OCHL BIZ UCHUN ERTA YAKUNLANDI. CHIROYLI O'YIN, UMID VA ISHONCH UCHUN "PAXTAKOR"GA RAHMAT! ULAR BOSHNI TIK KO'TARIB OCHLni TARK ETISHMOQDA! JUDA HAM ALAM QILMOQDA MAG'LUBIYAT(((

90+5. Zarbani darvozabon ushlab oldi.

90+4. Standart "Paxtakor"da.

90+2. Gol! G'arib chiroyli zarbasi bilan hisobni "Ahli" tomoniga o'zgartirdi.

90+1. Bikmaev jarohat oldi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLL!!!!! Sergeeeeeeeeeeeeeevvvv!!!!!!! CHeranning pasidan keyin Igor bo'sh darvozani ishg'ol qildi!

86. Alijonov ogohlantirildi.

85. Saaaaalll qoldi, ishlar pishardi.... Qanotdan uzatilgan pasga Semedu bo'sh darvoza tomon zarba berishi mumkin edi. Bu vaziyatda Alijonov qahramonlik ko'rsatdi.

"Ahli" tarkibida o'zgarish. Asiri o'rniga G'arib maydonga tushdi.

82. Sayfievga qarshi juda ko'pol o'ynagani uchun Tarmin ogohlantirildi.

80. O'zgarish. Krimec o'rniga Simich maydonga tushdi.

78. Xavfli zarba! Abdulfattoxning bergan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

76. Kozakning zarbasi noaniq ketdi.

74. "Paxtakor" yaxshi vaziyatga ega bo'ldi. Alijonovning qanotdan uzatgan pasiga hech kim eta olmadi. Keyinchalik "Al Ahli" havfli hujum tashkil qildi. Somaning zarbasi noaniq ketdi.

73. Hindi ogohlantirildi.

72. Ana vaziyattt!! Sergeev Masharipov uzatgan to'pga boshi bilan zarba bergandi. To'p to'ppa to'g'ri darvozabon turgan joyga bordi.

SHuncha hujum qildik, shuncha zarba berdik...

69. Gol! Soma qanotdan uzatilgan pasga boshi bilan zarba berib, Quvvatov darvozasini ishg'ol qildi.

68. Tarminning qanotdan havolatib uzatgan to'pini Azamov boshi bilan urib yubordi. Aks holda uning ortida al-Soma gol urishga tayyor edi.

67. "Paxtakor"dan ajoyib hujum! Bikmaevning zargarona pasidan keyin Sergeev darvoza tomon zarba bergandi. Ovays to'pni ushlab oldi.

65. ZARBAAAAAA!! CHeranning uzoq masofadan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.

63. O'zgarish. Sobirxo'jaev o'rniga Kozak maydonga tushdi.

63. Sergeevning qanotdan uzatgan pasi CHerangacha etib bormadi.

61. UXXXXxxxx!!! "Ahli" juda ham xavfli hujum tashkil qildi. Qanotdan uzatilgan pasga al-Soma zarba bera olmadi. Undan o'tgan to'pni Fayziev burchakka chiqarib yubordi.

57. "Paxtakor" himoyaga yotib olmoqda. Barchasi yaxshilikka bo'lsin...

56. Jarimadan tepilgan to'p Masharipovga tegdi. U o'zini biroz yo'qotib qo'ydi.

54. "Ahli" juda qulay nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

53. "Al Ahli"da o'zgarish. Al-Harbi o'rniga Taysir al-Jassim maydonga tushdi.

51. Omar al-Somaga qarshi qo'pol o'ynagani uchun Krimec ogohlantirildi. Jarimadan uzatilgan to'pni esa himoyachilar bartaraf etdi.  Bu pallada offsayd ham qayd etilgandi.

47. Sayfiev qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatgandi. Ammo to'pni darvozabon ushlab oldi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ikkkinchi bo'lim boshida o'zgarish. Hamdamov o'rniga Sergeev maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi.

45. Taym so'ngida "Paxtakor"da yo'qotish. Hamdamov maydonni tark etadi. Uning o'rniga Igor Sergeev maydonga tushadi.

44. Diaz jarohatlandi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

38. Yusuf al-Harbi ogohlantirildi.

37. Quvvatov avvaliga jarimadan tepilgan to'pni qaytardi. Keyinchalik ikkinchi tempda Semedu zarba berdi. To'p Krimecga tegib, burchakka qarab yo'l oldi. Yuragimiz o'ynadi biroz...

34. Masharipovning xatosi tufayli "Ahli" xavfli hujumga ega bo'lgandi. Agarda pas Krimecdan o'tganida "Ahli" hisobni ochardi. Ammo himoyachimiz o'z vaqtida xavfni bartaraf etdi.

33. Endi "Paxtakor" qanotdan standartga ega bo'lgandi. Biroq "podacha" o'xshamadi.

31. "Ahli"ning jarimadan uzatgan pasini CHeran boshi bilan urib, burchakka chiqarib yubordi.

26. ZARBAAAAAAAAA!!!! Muvasharning zarbasi Quvvatov qo'riqlayotgan darvozaning ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

23. Jarima zarbasi... Barchamiz Masharipov yoki Hamdamov to'pni tepadi deb o'ylab turganimizda Azamov zarba berdi. U o'z zarbasi bilan himoyachi ekanligini bildirib qo'ydi )))

21. ZARBBBAAAAAAAA... AAAAAAAAA!!!!! Masharipov o'zining ajoyib harakatlari bilan darvozaga zarba berishga qulay vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. To'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

18. "Ahli" hujumga o'tdi. Muvasharning qanotdan uzatgan pasini darvozabonimiz ushlab oldi.

15. "Paxtakor" biroz ortga chekindi. "Al Ahli" ketma-ket hujumlar tashkil etmoqda. Ammo ularning hujumida "maza" yo'q.

9. Sobirxo'jaev raqib jarima maydonchasi ichida yiqi(ti)ldi Bilmadim-u, bu vaziyatda arablar yiqilganda albatta penalti berilardi...

8. "Al Ahli" to'liq tarkib bilan himoyada.

7. Juda ham xavfli vaziyat. "Paxtakor" tezkor gol urishga intilmoqda. Alijonov yana oldinga o'tib ketdi. U to'pni Bikmaevga oshirmoqchi bo'lgandi. Biroq himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

6. ZARBAAAAAAAAAAAA!!!! CHeranning pas oshirishidan keyin Alijonov darvozabon bilan deyarli birga bir holatga chiqib borib, zarba berdi. To'p biroz noaniq ketdi.

5. O'yinning dastlabki 5 daqiqaligi ajoyib o'tdi. Sobirxo'jaev hujumga o'tayotgandi. Ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi.

4. Omar al-Soma qanotdan uzatgan to'pni Krimec burchakka chiqarib yubordi. Standartdan esa mezbonlar unumli foydalana olishmadi.

2. "Paxtakor" hujumga o'tgandi. Ammo CHeranning pas oshirishi noaniq bo'ldi.

20-soniyadayoq Masharipovga qarshi fol ishlatildi. 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv boshlanishiga barchasi shay!

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

- Uchrashuv boshlanmoqda! "Paxtakor"ga faqat va faqat omad tilaymiz!

Reyting: +144   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика