"Al Ahli" klubiga yangi murabbiy tayinlandi
08 fev 2019 11:05
Yangiliklar


"Al Ahli" klubiga yangi murabbiy tayinlandi
Saudiya Arabistonining eng nomdor jamoalaridan biri "Al Ahli"da bosh murabbiy o'zgardi.
Endilikda urugvaylik taniqli mutaxassis Xorxe Fossati ushbu jamoaga ustozlik qiladi. U hamkasbi Paulo Guedening o'rnini egalladi. 66 yoshli Fossatining oxirgi ish joyi Qatar terma jamoasi bo'lib, 2017 yilning iyul oyida ishdan ketgandi.
"Al Ahli" ichki chempionda 19ta o'yindan so'ng uchinchi o'rinda bormoqda, shu bois klub rahbariyati murabbiyni o'zgartirishga qaror qildi. Kecha bu jamoa navbatdagi tur uchrashuvini safarda "Al Hazm"ga qarshi o'tkazib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi. O'yinni yangi murabbiy VIP tribunadan kuzatib bordi va navbatdagi tur uchrashuvida jamoani o'zi boshqaradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar