So’nggi yangiliklar

22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  2 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  5 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10

Aktamov Olmaliqqa "oq bayroq" bilan boradimi? Yangiliklar

Aktamov Olmaliqqa "oq bayroq" bilan boradimi?

Bugun Olmaliqda O'zbekiston Superligasi 6-turining qoldirilgan uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda Hamidjon Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum" Mirjalol Qosimov shogirdlarining imtihonidan o'tishi kerak.

OKMK

Boburbek Yuldashev - 34'

Superliga. 6-tur

22/06/2021, 20:00

2
:
1
Tugadi

Qizilqum

Elguzha Grigalashvili - 29', Erkin Baydullaev - 36'

45'
90'
34'  Boburbek Yuldashev
42'  Akrom Komilov
62'  Mirjamol Qosimov (Zafar Polvonov)
62'  Sanjar Tursunov (Dilshod Jo’rayev)
68'  Shohruh Gadoyev (Husniddin G’ofurov)
68'  Murodjon Toshmatov (Elvin Fortes)
75'  Boburbek Yuldashev (Sardor Rahmonov)
76'  Akrom Komilov
29'  Elguzha Grigalashvili
29'  Muhsin Ubaydullaev
36'  Erkin Baydullaev
46'  Fayzullo Qambarov (Sherali Jo’rayev)
69'  Jasur Azimov (Mirjalol Qosimov)
84'  Elguzha Grigalashvili (Behruz Sadilloyev)
90'  Ignatiy Nesterov
90'  Behruz Sadilloyev (Jamshid Hasanov)
90'  Behruz Sadilloyev

AGMK joriy mavsum uy uchrashuvlarida barchadan yaxshiroq natija qayd etyapti. Buning ustiga, Navoiy jamoasi Olmaliqda o'tgan so'nggi 4 o'yinning barchasida maydonni boshi egik holda tark etgan. Jamoalarning turnir jadvalidagi holatlari ham AGMKning favoritligidan dalolat beryapti.

Ammo, Aktamov Olmaliqqa "oq bayroq" ko'tarish uchun bormasligi aniq. CHunki bu yilgi "Qizilqum" oldingilaridan keskin farq qilyapti. Jamoa natija uchun o'ynashni uddalamoqda. Navoiyliklar ortda qolgan 9 turda o'z darvozalaridan faqat 7 bor to'p olib chiqishdi. Bu borada  chempionat etakchisi "Paxtakor"gina yaxshiroq natijaga ega - 5. "Qizilqum" ayni paytda mehmonda mag'lub bo'lmagan 3 jamoadan biri bo'lib turibdi. Etiborli jihati, klub safar o'yinlarida faqat 1 ta gol o'tkazib yuborgan. Bu Superliganing joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Solishtirish uchun, o'tgan mavsumning shu qismiga etibor qaratamiz. "Qizilqum" darvozasi 18 marta ishg'ol qilingan. Jamoa 2 ochko bilan oxirgi pog'onada turgan edi.

Xullas, o'z uyida hammadan zo'rroq o'ynayotgan AGMK safarda yutqazmayotgan, gol o'tkazmayotgan "Qizilqum"ga qarshi. Bu bahs Mirjalol Qosimov uchun 2 karra ahamiyatli. 

CHunki AGMKdan yuqorida turgan "Paxtakor" va "So'g'diyona" bu turda ochko yo'qotdi. SHu tufayli Mirjalol Qo'shoqovich shogirdlari bugun g'alaba uchun 2 karra ko'proq harakat qiladi. Ko'ramiz, Olmaliqdagi o'yinda kimning ananasi yakun topadi?

Superliga, 6-tur (Qoldirilgan o'yin)

22 iyun, seshanba

AGMK – "Qizilqum" (20:00)

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Bektursin Kannazarov, Jalg'asbay Sarsenov, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Igor Nexochin

Komissar: Sardor Qudratullaev

Muallif :
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика