Akrom Komilov: “Yomon o'yin ko'rsatdik deyishdan yiroqman”

Narzulla Saydullayev
20 avg 2016, 13:15
Kecha chempionatimizning 19-turida “Bunyodkor” o'z uyida G'uzorning “Sho'rtan” jamoasini qabul qilib qiyinchilik bilan g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor” futbolchisi Akrom Komilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Sho'rtan”ga qarshi uchrashuvda kerakli bo'lgan ochkoni qo'lga kiritdik. Birinchi bo'limda 2 bor raqiblarimiz darvozasini ishg'ol qilganimizdan so'ng biroz tin oldik. Ikkinchi bo'limda o'yin tepmini pasaytirmoqchi bo'ldik. “Sho'rtan” jamoasi futbolchilari oldinga o'tishganda biz qarshi hujim bilan ularga javob qaytarmoqchi edik. To'g'ri o'z darvozamizdan o'tkazib yubordik, lekin bu bilan biz yomon o'yin ko'rsatdik deyishdan yiroqman”, - deydi “Bunyodkor” klubi himoyachisi Akrom Komilov.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia