Akrom Komilov: "Tezkor gol ura olsak, uyog'i osonroq bo'lishini bilardik"
06 mar 2016 20:31
Yangiliklar


Akrom Komilov: "Tezkor gol ura olsak, uyog'i osonroq bo'lishini bilardik"
"CHempionatning birinchi o'yini doimo og'ir kechadi va biz bunga tayyor edik. Raqib - "Neftchi", o'tgan mavsumda Toshkentda bizni engib ketgan jamoa ekanligini eslab, ikki barobar kuch bilan hozirlik ko'rdik. Bugungi o'yinda barcha yaxshi harakat qildi va biz g'alabaga erishdik. Mavsumni 3 ochko bilan boshlash yoqimli.
Tezkor gol ura olsak, uyog'i osonroq bo'lishini bilardik. SHuningdek, murabbiylar ham iloji boricha tezroq gol kiritishni uqtirishgandi. Buni uddaladik va o'yin tizgini bizning qo'limizda bo'ldi.
Ikki yoki uch to'p farqi bilan oldinda borayotgan bo'lsak, to'pni raqibga bermay, o'z nazoratimizda ushlab turishimiz to'g'risida uchrashuvdan avval murabbiylarimiz ko'rsatma berishgandi", - dedi Akrom Komilov.
Omonjon To'xtamirzaev yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar