So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov va 90 million so'm Yangiliklar

Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov va 90 million so'm

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida "Bunyodkor"ning ikki futbolchisi haqida malumot chop etdi.

AGMK va “Paxtakor” futbol klublari “Bunyodkor” himoyachilari Akrom Komilov va Rustam Ashurmatovga ko'z tikayotgani borasida xabar o'qidim. Bunda bir narsani yaxshilab tushunib olish kerak bo'ladi.

Mazkur ikki futbolchi “Bunyodkor” futbol akademiyasining tarbiyalanuvchilari va ular 23 yoshga to'lib ulgurmagan. Demak, agar ularning shartnomalari “Bunyodkor” bilan yakuniga etgan bo'lsa, talabgor tomon futbolchilar uchun faqatgina mashg'ulotlar uchun to'lanadigan tovon pulini beradi, xolos. Agar futbolchilarning “Bunyodkor” bilan shartnomasi bo'lsa, yuqoridagi summadan tashqari yana alohida transfer narxi ham kelishilishi kerak.

Bu bandni FIFA jiddiy nazorat qiladi. De yure bizning reglamentda ham bor, de fakto unga amal qilinmaydi (bazi klublardan tashqari). 2019 yilgi mavsumdan boshlab bu narsa amalda bo'ladi. Yani, biz akademiyalarni rivojlantirishni talab qilyapmizmi, demak ularning mehnatini ham qadrlashimiz kerak. U xoh akademiya bo'lsin, xoh oddiy futbol maktabi, etishtirib bergan futbolchisi uchun haq olishi kerak.  



Ayni vaqtda ichki transfer haqida gaplashyapmiz. Bu xalqaro transferdan, aytaylik, Doston Hamdamovning “Anji” safiga o'tib ketishidan farq qiladi. Demak, reglamentga qaraymiz. Uning bandlarida shunday yozilgan. Agar, futbolchi 23 yoshga to'lmagan bo'lsa va boshqa klub ixtiyoriga ketayotgan bo'lsa, uning shu akademiyadagi har bir yili uchun 3 000 000 so'mdan (uch million) to'lanishi kerak.

Agar gap bunda Superliga futbol klubining akademiyasi haqida ketayotgan bo'lsa, mana shu pul ikkiga ko'paytirildai, yani, 6 000 000 so'mni (olti million) tashkil qiladi.

Agar gap bunda terma jamoalar azolari haqida ketayotgan bo'lsa, yuqoridagi summaga yana 50 foiz ustama qo'shib hisoblanadi. Akrom Komilov ham, Rustam Ashurmatov ham termalarning rasmiy o'yinlarida ishtirok etib ulgurgan. Demak, bir yil uchun tovon puli 9 000 000 so'mni (to'qqiz million) tashkil qilyapti.

Akrom Komilov ham, Rustam Ashurmatov ham “Bunyodkor” futbol akademiyasida 2009 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan. Demak, 9 000 000 so'mni 10 ga ko'paytiramiz — 90 000 000 so'm (to'qson million). 23 yoshga to'lmagan bu ikki futbolchining shartnomasi yakuniga etgan bo'lsa ham, shu summani o'tkazmay turib, bu futbolchilarni boshqa klub ro'yxatga olishi mumkin emas.

Akrom Komilovning “Bunyodkor” bilan shartnomasi 2018 yil oxirida tugaydi. Demak, unda yarim yil oldindan navbatdagi takliflarni ko'rib chiqish huquqi bo'lgan (ko'rib chiqqan shekilli, “Paxtakor” asosiy davogar). SHundan kelib chiqib, istalgan klub “Bunyodkor” hisob raqamiga 90 000 000 so'mni to'lab, uni olib ketishi mumkin (bu raqam yana bir marta hisoblab chiqiladi, albatta). Komilov kelasi yilning 14 mart kuni 23 yoshni qarshi oladi. Qarshi olgan kundan boshlab, mashg'ulot uchun tovon puli haqida unutamiz. Qishki transfer oynasi O'zbekistonda shu yilning 17 dekabr sanasidan boshlab, kelasi yilning 7 martiga qadar davom etadi. Demak, Komilov uchun summa to'lanishi kerak.




Rustam Ashurmatovning esa “Bunyodkor” bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Aytaylik, uning jigari Baxtiyor Ashurmatov boshchilik qilayotgan AGMK futbolchini qo'lga kiritishni istasa, 90 000 000 so'mdan tashqari, “Bunyodkor” bilan uning transfer summasini ham alohida kelishishi kerak bo'ladi. Agar AGMK yana bir yil kutib tursa, Rustam Ashurmatovni tekinga olib ketadi.

Futbol muxlislarimiz bunda yana bir jihatni tushunishlari kerak. Agar Akrom Komilov va Rustam Ashurmatov boshqa klubga o'tib ketishsa va o'sha klub keyinchalik bu futbolchilarni transfer qilsa (yani, erkin agent sifatida u klubdan bu klubga ko'chib yurishmasa), “Bunyodkor” ko'rilgan foydaning bir qismida o'tiradi. CHunki aynan shu klub yuqoridagi ikki futbolchini tarbiyalab bergan. Masalan, Neymar uchun "Barselona" 222 million evroning hammasini olmagan, malum qismini uni tarbiya qilgan Braziliya futbol klubiga ham o'tkazib bergan.

Agar Akrom Komilov va Rustam Ashurmatovni xorijiy klublar olib ketishni istasa, boyagi 3 va 90 millionlik narxlar umuman boshqacha hisoblanadi. Bu haqda keyinroq, - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev o'z kanalida.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика