Akrom Komilov: “Natija o'yinga mos tushmadi”
04 mar 2015 13:12
Yangiliklar
Akrom Komilov: “Natija o'yinga mos tushmadi”
Osiyo chempionalar ligasi, “A” guruhi 2-turida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Eronning “Persopolis” klubiga qarshi maydonga chiqib, 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdan so'ng mikst-zonada “qaldirg'ochlar” himoyachisi Akrom Komilov bahs haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
- Faqat natijani hisobga olmaganda, o'yin yaxshi o'tdi. Menimcha penalti yo'q edi. Hisobda ortda borayotganimizda bir qator golli vaziyatlarni yaratdik. Biroq o'zimiz bundan unumli foydalana olmadik. O'ylamanki natija bahsga mos tushmadi. Endi etiborimizni bo'lajak bahslarga qaratib, ijobiy natija qayd etishga xarakat qilamiz.
- Bugun hujumchilarimizga ozgina aniqlik etishmadi.
- O'yindan oldin faqat g'alaba haqida o'ylagandik. Xatto durang qoniqtirmasdi. Afsuski qimmatli uch ochkoni boy berdik.
- “Persopolis” yaxshi jamoa ekanligini aytishim mumkin. Bugun ularning himoya chizig'i yaxshi o'ynadi. To'p uchun kurashlarda yutqazmaslikka urindi.
- Bugun o'zimning o'yinimdan qoniqish xosil qilmadim - deydi Akrom Komilov.
Islombek Rustambekov yozib oldi.

Fikrlar