Akrom Komilov: “Har 3 kunda o'yin o'tkazib juda ko'p kuch yo'qotyapmiz”
29 okt 2016 13:59
Yangiliklar
Akrom Komilov: “Har 3 kunda o'yin o'tkazib juda ko'p kuch yo'qotyapmiz”
“Qaldirg'ochlar” o'z uyida Bekobod jamoasini qabul qilib kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsdan so'ng “Bunyodkor” klubi himoyachisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirdi.
“Metallurg” jamoasiga qarshi juda ham og'ir o'yin bo'ldi. CHunki “Metallurg” biz uchun xavfli bo'lgan jamoalar sirasiga kiradi. Yana bir narsani takidlashim kerak, chempeionat yakunlanishiga ham 3ta tur qoldi. Har 3 kunda o'yin o'tkazib juda ko'p kuch yo'qotyapmiz. SHuning uchun ham bizga qiyin bo'lmoqda. O'zimizga kerakli bo'lgan ochkoni qo'lga kiritdik, shunisidan xursandmiz.
Uchrashuvda 2-3 ta golga tortadigan vaziyatlar yaratdik. Ushbu qulay imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda hisob ham boshqacha ko'rinish olardi. Raqib jamoasida ham etarlicha imkoniyatlar bo'ldi, lekin biz o'o'z darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik”, - deydi “Bunyodkor” jamoasi himoyachisi Akrom Komilov.
Jahongir Sotvoldiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar