So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  2 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Akram Afif: "Bu endi boshlanishi" (intervyu) Yangiliklar

Akram Afif: "Bu endi boshlanishi" (intervyu)

FIFA rasmiy sayti Qatar terma jamoasi futbolchisi Akram Afifdan intervyu oldi.

Malumkm, 2019 yilgi mavsum Akram Afif uchun nihoyatda omadli keldi. Bu futbolchi yil boshida Osiyo Kubogini yutish bilan birga yil yakunida OFK tomonidan "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topildi. 


- 2019 yil siz uchun ancha esda qolarli bo'ldi. Osiyo Kubogida zafar quchdingiz, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" bo'ldingiz hamda Qatar chempionligini qo'lga kiritdingiz. Bularni umumlashtirib nima deya olasiz?

- Bir so'z bilan aytganda fantastika. Bu faoliyatimni boshlaganimdan beri eng yaxshi damlar bo'ldi. Albatta, har bir futbolchi katta muvaffaqiyatlarga erishishni orzu qiladi. SHunday ekan, men ham nimaga erishgan bo'lsam doim shukur qilaman. O'ylaymanki, Qatar terma jamoasi bilan Osiyo Kubogini qo'lga kiritganimiz muvaffaqiyatlarning endi boshlanishi. Bu qattiq mehnatimiz samarasi bo'ldi. 


- Siz uchun Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" bo'lish nimani anglatadi? 

- Futbolchi sifatida men uchun katta yutuq. Bu ko'p yillik mehnat mahsuli bo'ldi. Men bir nechta o'yinlarda maydonga tushdim, mashg'ulotlarda qattiq harakat qildim. Lekin ushbu sovrinni faqat o'zimniki demagan bo'lardim. Avvalo oila azolarim, jamoadoshlarim va murabbiylarimning hissasi beqiyos bo'ldi. Sovrinni qo'lga kiritganimdan xabar topganimda Ko'rfaz Kubogida ishtirok etayotgandik. SHu bois marosimga bora olmadim. Keyinchalik sovrinni Dohada qabul qilib oldim, atrofimni yaqinlarim o'rab turgandi. Juda xursand bo'lganman. 


- Osiyo Kubogidan oldin ko'pchilik Qatardan g'oliblikni kutmagandi. Jamoa bunga qanday erishdi? 

- Ha, to'g'ri biz favoritlar qatorida emasdik, lekin musobaqa boshlangach, o'z kuchimizga bo'lgan ishonch ortib bordi. Bizda xohish juda yuqori edi, hammamiz birgalikda bosh sovrinni o'ylay boshladik. Futbolda imkonsiz narsaning o'zi yo'q va buni isbotlay oldik. Bungacha Ko'rfaz Kubogida va U-19 Osiyo chempionatida zafar quchgandik. Endi bo'lsa qita birinchiligida ham g'olib bo'ldik. 


- Muvaffaqiyatning asosiy siri nimada? 

- Buning sabablari ko'p. Birinchidan, ko'p yillardan beri Qatarda futbolni rivojlantirish tizimi bir maromda ishlab kelyapti. Qolaversa hozirgi jamoadagi ko'pchilik yoshlar Espayr akademiyasidan etishib chiqqan. Akademiyadagi tahsil biz uchun katta maktab bo'ldi. Futbolchilarni yoshlar va o'smirlar jamoalariga tayyorlab borish juda puxta ishlab chiqilgan. Biz bir nechta bosqichni bosib o'tdik va shu orqali milliy terma jamoaga keldik. 

O'yinlar paytida asosiy etiborni zamonaviy futbol ko'rsatishga qarata boshladik. Bu o'rinda jamoamiz bosh murabiyi Feliks Sanchesning qo'shgan hissasi katta. Agar siz tajriba, chidamlilik, taktik va texnik harakatlarni bir maromda amalga oshirib borsangiz, bir kun kelib kuchli jamoaga aylanasiz.


- Qaysi o'yinlar alohida qiyin bo'ldi deb o'ylaysiz? 

- Osiyo Kubogida oson bahslarni ko'rmaysiz. Biz har bir uchrashuvga jiddiy munosabatda bo'ldik. Lekin finalda ishtirok etish baribir boshqacha bo'lar ekan. Yaponiya bir necha yillardan beri o'z so'zini aytib kelayotgan jamoa edi, lekin yakunda biz g'alaba qozondik. Etibor bergan bo'lsangiz, musobaqaning boshidan oxirigacha bir xil xarakterda o'yin ko'rsatdik. Men uchun yaponlar darvozasiga uchinchi golni kiritish ajoyib sovg'a bo'ldi va bundan xursandman.


- Final hushtagi chalinganda nimalarni his qildingiz? 

- Tarixiy lahzalarni. Biz chempion bo'lgandik. Bizni Qatarda ko'plab muxlislar kuzatib turganini bilardik. Lekin stadionda muxlislarimiz kamchilik edi. SHu bois asosiy bayram Dohaga qaytib borganimizdan so'ng boshlandi. Ayniqsa aeroportda shaxsan mamlakat Amiri kutib olgani barchamizni to'lqinlantirib yubordi.


- O'tgan yil birinchi bor Kopa Amerika musobaqasida ishtirok etdingiz. Qanday foydali jihatlarni oldingiz? 

- Yaxshi bilasiz, navbatdagi jahon chempionati bizning mamlakatda o'tkaziladi. Biz esa mezbon sifatida jiddiy tayyorlanmasak bo'lmaydi. Buning uchun Kopa Amerika juda katta yordam berishi shubhasiz. Janubiy Amerikaga borishdan oldin Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandik. U erga borgach Argentina, Kolumbiya va Paragvay bilan o'ynadik. Bunday jamoalar bilan doim ham o'ynayvermaysiz, shu bois katta foydasi tegdi.


- SHuningdek klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham qatnashdingiz. 

- Klubim "Al Sadd" o'z oldiga doim yuqori maqsadlarni qo'yadi. Biz OCHLni yutishga harakat qilgandik, lekin bazi sabablarga ko'ra finalga chiqa olmadik. Klublar o'rtasidagi jahon chempionati menga ko'p narsani o'rgatdi. Natija yaxshi bo'lmagan bo'lsa ham katta tajriba oldik.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика