So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  0 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  2 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  2 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  2 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  3 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  24 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0

Akmal Xolmatov: Neftchiga qaytganimdan xursandman Yangiliklar

Akmal Xolmatov: Neftchiga qaytganimdan xursandman

Malum muddat o'tib, yana Neftchi ga qaytgan Akmal Xolmatov yaqinda “FE” gazetasi muxbiri Firdavsxonga intervyu berdi. Quyida shuni o'qishingiz mumkin.
QACHONDIR QAYTISHIM KERAK EDI

- Neftchiga qaytishingiz siz uchun muhim ahamiyatga egami?

- Albatta. Neftchi men uchun buyuk jamoa. Bunday jamoaga qaytib kelganimdan xursandman. Kuchim bor ekan, yordam berishga tayyorman.

- Ilgari Neftchida Yuriy Sarkisyan murabbiyligi ostida to'p surgansiz. Hozirgi jamoa esa umuman boshqa. Siz uchun oldin to'p surgan jamoadan farq qilishi tabiiy. SHuni hisobga olganda o'zingizni qanday his qilmoqdasiz?

- Ishonasizmi, bu erga birinchi marta kelgandekman. Jamoada iqtidorli yoshlar ko'pchilikni tashkil qilyapti. Murabbiylarning ham kelajagi porloq deb o'ylayman. Neftchida faoliyat ko'rsatayotgan barchaning maqsadi jamoaning oldingi mavqeini tiklash. Neftchiga Xolmatov keldi, endi hammasi yaxshi bo'ladi degan gap yo'q. Jamoada kim o'ynashidan qatiy nazar hamma bitta maqsad sari intilishi kerak.

- Bu erga qaytishingiz tasodifan yuz berdimi yoki avvaldan rejalashtirib yurarmidingiz?
- To'g'risini aytsam, bunday rejam yo'q edi. Menda bitta reja bor: faqat futbol o'ynash. Bungacha Lokomotivda to'p surdim. Har bir murabbiyning ish uslubi o'zgacha bo'ladi. Nima bo'lganda ham yana takrorlayman: Neftchiga qaytganimdan xursandman.

- Farg'onaliklarning taklifi siz uchun kutilmaganda sodir bo'ldimi?

- Balki, kutilmagan desa ham bo'lar, ammo qachondir shunday bo'lishi kerak edi.

- Qadrdon klubga qaytganingizda beixtiyor oldingi xotiralar yodga tushishi mumkin. SHunday holatni his qildingizmi?
- Ha, esladim. Neftchi baribir O'zbekistonning etakchi jamoalaridan biri bo'lib qolaveradi. Uning bir bo'lagi bo'lganimdan mamnunman. Balki meni yana shu maqsadda taklif qilishgandir. Hozirgi yoshlarga o'rnak bo'lishimizni istab hamkorlikka qo'l urishgan bo'lishi ham mumkin. Lekin oldindan mana bu ishni uddalaymiz deb ayta olmayman. Qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. Men yoshlarga o'rnak bo'lishga urinib ko'raman.

- Bosh murabbiy Murod Ismoilov siz haqingizda iliq fikrlarni aytdi va jamoa o'yiniga joziba bermoqda deya alohida takidladi.
- Balki biz kelganimizdan so'ng jamoa o'yini ozgina bo'lsa ham o'zgargandir, ishonamanki, hammasi yaxshi tomonga. Neftchiga mendan tashqari SHerzod Hakimov va Andrey Akopyanc ham keldi. Barchaning maqsadi esa bitta - farg'onalik muxlislarni quvontirish. O'zingiz ham bilasiz, Neftchi qanday jamoa bo'lganligini. Uning shonli mavqeini tiklamasak bo'lmaydi. Yuriy Sarkisyanni hamma hurmat qiladi. O'ylaymanki, ushbu murabbiyning nomini ham yanada ko'tarishimiz lozim. Biz nima uchun o'ynaymiz? Albatta ishqibozlarni quvontirish uchun. To'g'ri, pul ham kerak, lekin har doim muxlislarni birinchi o'ringa qo'yish kerak. Ularni bejizga 12-o'yinchi deb atashmaydi. Jamoani qo'llab-quvvatlashlari bizga qo'shimcha kuch beradi.

LOKOMOTIVDAN KETISHIMGA MURABBIYNING ALOQASI YO'Q

- Lokomotivni tark etishingiz haqida ham to'xtalib o'tsangiz?

- Lokomotivdan ketishim qiyin bo'ldi. U erda ikki yarim yil to'p surib, kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldim. Mana shunday jamoada o'ynaganimdan xursandman. Haqiqatdan, ajoyib jamoa shakllangan. Klub rahbariyatiga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Ular futbolning chinakam jonkuyarlari hisoblanadi.

- Lokomotivning erishgan yutuqlarida hissangiz borligini yaxshi bilamiz. Biroq Vadim Abramov bosh murabbiy lavozimini egallagach siz ko'pincha zaxirada qolib ketdingiz.
- Bunga birinchi navbatda o'zimni aybdor qilib ko'rsatgan bo'lardim. Balki mashg'ulotlarda kamroq ishlagandirman. Futbolda har xil holatlar bo'ladi. Ko'rib turibsiz, jamoada yaxshi o'yinchilar yig'ilgan. Rostdan ham mendan kuchliroq futbolchilar bor deb hisoblayman. CHunki bu - futbol, undan xafa bo'lish kerak emas. Men futbolni yaxshi tushunaman, bu sport turida faqat yaxshi o'yin ko'rsatish kerak. Vadim Abramov esa aqlli murabbiy. U futbolni yaxshi tushunadi, milliy terma jamoada ham samarali faoliyat olib borgan. Futbolchilarning imkoniyatlarini, kim nimaga qodirligini biladi. SHuningdek, jamoasini o'yinga qanday tayyorlashni ham boshqalardan ko'ra yaxshiroq o'zlashtirgan. Murabbiy meni maydonga tushirmadimi, bunga faqat o'zim sababchiman. O'z ustimda keraklicha ishlamadim.

- Demak, murabbiy bilan o'rtangizda hech qanday muammo yo'q!
- Mutlaqo! Bu haqida gap bo'lishi mumkin emas. Men keraklicha o'ynay olmaganimga murabbiyning aloqasi yo'q. Barcha ayb o'zimda deb hisoblayman.

- Lokomotivda mendan kuchliroq futbolchilar bor deya buni tan olyapsiz va bunday ochiq gapirish hammaning qo'lidan kelavermaydi.

- Ha, shunday. Men o'ynamayapmanmi, demak mendan kuchliroq o'yinchilar bor. Bu gaplarimni o'qib kimdir aldayapti deb o'ylashi mumkin. Lekin barcha gaplarim rost. 31 yildan beri futbol ichidaman. 7 yoshimdan boshlab shu sport turi bilan shug'ullanib kelaman. SHuni yaxshi tushunish kerakki, murabbiy hech qachon o'ziga-o'zi dushman emas. U zo'r futbolchini zaxiraga o'tkazib, kuchsizroq o'yinchini maydonga tushirmaydi. Bu holat hech qachon bo'lmagan va bundan keyin ham bo'lmaydi.

MAYDONDA MENING NOMIM HECH QANDAY AHAMIYATGA EGA EMAS

- Yoshingiz ulg'ayib borayotgani ham shunday holat yuz berishiga tasir qilayotgandir-a, bu haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- Balki siz haqdirsiz, shunday bo'lishi ham mumkin. Yosh o'tib borgani sari garchi texnika yo'qolmasa-da, tezlik baribir pasayib boradi. Boya aytdim-ku, futboldan xafa bo'lish mumkin emas. Futbol bir joyda to'xtab turmaydi. Xolmatov bo'lganim bilan men ham yoshlarga joy berishim kerak, axir ular o'sib kelishmoqda. Nasib bo'lsa, ertaga o'g'lim ham katta futbolga qadam bosadi, kerak bo'lsa o'zim unga o'rgataman. Faqat o'z ustida ishlashi kerak. Agar ishlamasa men murabbiy bo'lsam ham o'g'limni maydonga tushirmayman.

- 38 yoshda Neftchiga qaytdingiz. Avvalgidek o'ynashingizga to'siqlar ko'p bo'lmasmikin?

- Hammasi o'zimga bog'liq. Mashg'ulotlarda ko'proq ishlasam hech qanday muammo bo'lmaydi. Yaxshi yoki yomon o'yin ko'rsatsam ham barchasi o'zimdan bo'ladi. Balki hozir Neftchining oldingi mavqeini tiklaymiz deb katta gapirayotgandirman, ammo barchamiz birgalikda harakat qilamiz. Bir o'zim hech nima qila olmayman. Hammasi o'zimizga bog'liq, axir murabbiy maydonga chiqib o'ynamaydi-ku!

- Yoshingizni hisobga olganda, faoliyatingizning oxirgi paytlari yaqinlashib qoldi...
- To'g'ri, bunga ham tayyorgarlik ko'ryapman. Neftchi bilan bir yarim yilga shartnoma tuzganman. Men avvalo tuzilgan shartnoma bo'yicha bir yarim yilni samarali o'tkazmoqchiman. U yog'i nima bo'lishini keyin o'ylab ko'ramiz.

- Katta futbolga Neftchida qadam bosdingiz. Bu erda o'ynab elga tanildingiz, tajriba orttirdingiz. Ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdingiz. Keyin esa faoliyatingizni boshqa klublarda davom ettirdingiz. Oradan shuncha vaqt o'tib futbolni tugatish arafasida yana sobiq jamoangizga qaytdingiz. Buning sababi nimada?

- Faoliyatimni Neftchida tugatish niyatim bor edi. Qandaydir tasodif tufayli yana Farg'onaga qaytdim. Qaerda Akmal Xolmatov bo'lgan bo'lsam, yana o'sha erga keldim. Yana bir bor muxlislarning mehrini qozonib faoliyatimni chiroyli tarzda tugatmoqchiman.

O'G'LIMGA, FUTBOLDAN QO'RQSANG, SHAXMAT BILAN SHUG'ULLAN DEYMAN

- Neftchidagi o'yinlaringizni haligacha eslashadi. Tezkorligingiz, texnik va taktik jihatdan ajoyib o'yiningiz bor edi. Hatto bir o'yinda standart vaziyatdan uchta gol urganingizga ham guvoh bo'lganmiz. Aytmoqchimanki, har jihatdan jamoaga foyda keltirardingiz. Hozir esa 38 yoshdasiz, shuni hisobga olganda, Neftchiga qanday yordam bermoqchisiz?

- Hammasi qiladigan mehnatimizga bog'liq. Maydonda nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi. Qachonki, foyda keltirgan bo'lsam, hammasiga mehnatim orqali erishganman. SHu bois yana o'z ustimda ishlashda davom etaman. Hamma Xolmatov qaytdi, jamoa kuchayadi deyishi mumkin. Ammo maydonda mening familiyam hech nima qila olmaydi. Ko'proq mehnat qilsamgina, shunda yana avvalgidek foyda keltirishim mumkin. Kim gol urishi, kim pas berishi esa Xudodan. Men mehnatsevar futbolchiman. Qaerda o'ynagan bo'lsam, doimo ishlashdan to'xtamaganman. Qaysidir murabbiy meni yaxshi ko'rganidan maydonga tushirmagan. Faqat ishlashim natijasida o'ynardim. Har qanday holatda ham mehnat qilganman. SHuning uchun o'g'limga nima bo'lgan taqdirda ham o'z ustida ishlashini qattiq uqtirib kelaman. Jahon chempioni bo'lsa ham ishlashda davom etishi kerak. Agar mehnat qilmasa, to'xtaydi.

- Diyor Xolmatov necha yoshda?
- 12ga to'ldi.

- Qaerda o'qiydi?
- Paxtakor akademiyasida.

- Siz ham uning o'yinlarini kuzatib, doim yonida bo'lasizmi?
- Unga maslahat beraman. Ammo o'yinlarini ko'rish uchun bir yilda bir marta borishim mumkin xolos. Agar stadionga borsam, u dadam baribir meni qo'llaydi deb ishlashdan to'xtab qolishi mumkin. Lekin uyda doim kerakli maslahatlarni beraman. Yosh bola yaqinlari oldida o'zini har xil tutishi mumkin. Men ham o'z vaqtida yosh bo'lganman va bu holatni yaxshi tushunaman.

- Diyorning futbolni tanlash tashabbusi o'zidan chiqqanmi?
- O'zi tanlagan. 5 yoshdan boshlab Temur Olimxo'jaevning mashg'ulotlarida qatnashadi. 7 yildan beri futbol bilan shug'ullanib kelyapti. Men esa uning qaysi yo'lni tanlashiga aralashmadim. Agar qo'lidan kelsa, marhamat, shug'ullanaversin dedim.

- O'zingizga qolsa, o'g'lingizni qaysi kasbda ko'rmoqchi edingiz?
- Muhimi, yaxshi inson bo'lib etishsa bo'ldi.

- Futbolda jarohat olmaslikning iloji yo'q. Bu holatda farzandingiz uchun qattiq qayg'urasizmi?
- O'g'lim mashg'ulotdan kelib bazida menga u yoki bu erim jarohat oldi deb nolib qoladi. U holda shaxmatga o'tib ket, faqat stulda o'tirasan desam, kulib qo'yadi. Futbolchi bo'lish uchun juda ko'p ishlash talab etiladi. Muhimi, qo'rqmasligi kerak.

- Tushunarli. Umuman olganda, futbolchilik faoliyatingizdan minnatdormisiz?

- Ha, minnatdorman. Ayniqsa, Yuriy Vazgenovichdan! CHunki u meni futbolchi qildi. Futbol orqasidan o'zimga yarasha hurmat qozondim. Hammasi Neftchi bilan bog'liq.

- Haligacha nimadandir afsuslanib yurmaysizmi?
- Osiyo CHempionlar ligasini yutishni juda xohlagandim. O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmagani uchun ham rosa achindim. Agar futbolchilarimiz mundialda ishtirok etishganida hozirgi yoshlarimiz uchun oldinga katta qadam tashlash bo'lardi. Boshqa tomondan olsak, futboldan roziman. Qaysi murabbiy bilan ishlagan bo'lsam, barchasidan minnatdorman. Hozirgi Neftchida Murod Ismoilov, Andrey Fyodorov, Sergey Lebedev kabi murabbiylar ishlashmoqda. Ishonamanki, ularning bu sohadagi kelajagi porloq.

KEYINCHALIK MURABBIYLIKKA O'QIYMAN

- Ilgari siz bilan birgalikda to'p surgan Andrey Fyodorov, Sergey Lebedev, SHerzod Rayimjonov, Bahrom Haydarov endilikda murabbiy bo'lib ishlamoqdalar. Go'yoki, Neftchining avvalgi yulduzlari qaytishgandek. 
- Bu juda yaxshi. Ammo men futbolchiman, ular esa murabbiy.

- Ularning qatorida o'zingizni tasavvur eta olasizmi?
- Hali yo'q. Murabbiylik kasbi juda og'ir. Bu sohani oson deb o'ylaganlar qattiq adashadilar. Har qanday murabbiydan so'rang, ushbu kasb qanchalik og'irligini aytib beradi. G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat esa murabbiyniki. Hozirgi murabbiylarning holatini yaxshi his qilaman. 30 nafar futbolchi bo'lsa, ularning xarakteri 30 xil. Murabbiy shunchaki murabbiy emas, birinchi navbatda ruhshunos bo'lishi lozim.

- Bu gaplardan keyin murabbiy bo'lish niyatingiz yo'qdek tuyulyapti.
- Baribir futbolni tugatganimdan keyin murabbiylik kursida o'qiyman. Mening futboldan boshqa soham yo'q. O'z ishimni yaxshi ko'raman. Lekin hamma ham murabbiy bo'lib qolavermaydi. Agar omadim chopsa murabbiy bo'lib etishishim mumkin.

- Futboldan tashqari shug'ullanadigan boshqa ishingiz yo'qmi
- Men doim to'g'ri gapirishga odatlanganman. Biznesga umuman qiziqmayman. Nimagaki, u sohani tushunmayman. Men uchun birinchi navbatda futbol turadi. Ertaga savdo do'koni yoki kafe ochaman deb reja qilmayman.

- Neftchining muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganiga qanday munosabatda bo'lyapsiz?
- Jamoa o'ziga yarashmagan o'rinlarni egallayotganini ko'rib achinib ketardim. Neftchida Xolmatov sifatida tanilganman. SHu bois klubning muvaffaqiyatsizligini o'zim uchun og'ir zarba sifatida qabul qilardim. Lekin bu - futbol! Yaxshi o'yin ko'rsatayotgan jamoa ham oliy ligadan tushib ketishi hech gap emas.

- Faoliyatingizni Farg'onadan boshqa klublarda davom ettirganingizda qanchalik yoqimli bo'lgan?
- Qaysi jamoada o'ynagan bo'lsam, faqat rohatlanganman. Paxtakorda oyog'im sindi, operaciya bo'lib bir yil o'ynamadim. Noto'g'ri tashhis qo'yishgach, Germaniyaga jo'natishdi. Menga etibor bilan munosabatda bo'lishgani uchun Paxtakordan minnatdorman. Erondagi faoliyatim ham yaxshi chiqqan. Hech qachon faoliyatimdan nolimayman. Futbol erkaklar o'yini, unda albatta jarohatlar bo'ladi.

- Mag'lubiyatni qanday qabul qilasiz?

- Juda qiyin qabul qilaman. Yutqazsak ikki kun o'zimga kela olmayman. Keyingi o'yinda g'alaba qozonmagunimizcha qiynalib yuraman. Asabiylashish menda ko'p kuzatiladi. Mag'lubiyatga uchrab uyga kelganimda, yaqinlarim yonimga kela olishmaydi. Men endi boshqacha bo'la olmayman. Axir 20 yoki 22 yoshda emasman! Agar yutsak mendan baxtli odam bo'lmasa kerak. G'alabadan o'zimga yarasha rohat olaman. Agar maqsad sari intilaversangiz, Xudo albatta beradi. CHin dildan qilayotgan mehnatingiz qachondir samara keltiradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика