So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

Akmal Xolmatov: "Diyor Xolmatov maydonga tushganda ichimdan nima o'tganini o'zim bilaman" Yangiliklar

Akmal Xolmatov: "Diyor Xolmatov maydonga tushganda ichimdan nima o'tganini o'zim bilaman"

Taqdir charxpalagini qarangki, bir paytlar katta yoshli muxlislar Akmal Xolmatovning o'yinlaridan baxramand bo'lishgan bo'lsa, endi uning o'g'li yashil maydonda javlon urmoqda.

Tailand bilan o'yindan avval Otabek SHukurovning jarohat olgani dilimizni hira qilgan bo'lsa, Diyor Xolmatovning debyutidayoq golga qoyilmaqom assistenlik qilgani ko'nglimizni shuncha ko'tardi. O'z o'g'lining terma jamoa libosida ilk bor ko'rgan Akmal Xolmatovning fikrlari qanday?


- Tailand bilan o'yinni har doimgidek yaxshi boshladik va birinchi bo'lib gol urdik. Golgacha ham xavfli vaziyatlarimiz etarlicha bo'ldi. Bundan keyin ham gol urmasak bo'lmasdida. Faqat vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Biz kuchli terma jamoamiz. Buni ko'rsatyapmiz ham. Birinchi goldan so'ng xotirjamlikka berilishdimi yoki boshqa sababmi tezda jazolanishdi. Xursand qilgani yana o'yinga qaytishdi va g'alaba golini urishdi. SHu kuni O'zbekiston kuchli edi va haqli g'alabaga erishdi. 

- Diyor Xolmatovga kelsak, uning uchun xursandman. Ota uchun bundan ortiq baxt bo'lmasa kerak. Fikrimcha, uning debyuti yaxshi chiqdi. Diyor shunchaki o'z professional ishini bajardi, tamom. G'alabaga o'z hissasini qo'shdi. Pas bergan paytda va goldan keyingi holatda ichimdan nima o'tganini o'zim bilaman. Ishonchim komil, Diyor yurtimiz bayrog'ini yuqoriga  yanada ko'taradi. Nima bo'lganda ham ishlashdan to'xtamasligi kerak. Hayajon? Diyor maydonga tushganda albatta menda hayajon bo'ladi. Nima ham derdim xursandman. 

- Qatar bilan o'yinda ustunligimiz hamjihatlikda. Yigitlarga ortiqcha gap yoki motivaciya kerakmas. Ular masuliyatni tushunib turishibdi. To'g'ri, Qatar mezbon. Lekin boshqa terma jamoalar ham O'zbekistondan qo'rqib turibdi. Ular jarohat olgan do'stlari, jamoadoshlari uchun ham yutishlari shart. Omad yor bo'lsin. 

- Tojikistonning bu natijalarini kutilmagan yoki kashfiyot demagan bo'lardim, chunki ularda futbolga etibor oshgan. Terma jamoa, futbolchilar kuchaygan. Kuchli murabbiy, yaxshi psixolog, motivator ishlayapti. Iordaniya bilan o'yinda Tojikistonning imkoniyatlari yuqori. Yana qaytaraman, finalda O'zbekiston - Tojikistonni ko'rsam xursandchiligimning cheki bo'lmaydi.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика