Akmal SHorahmedov: "Peshqadamlar safidan tushib qolmaslik uchun ham g'alaba muhim edi"
17 apr 2016 02:47
Yangiliklar
Akmal SHorahmedov: "Peshqadamlar safidan tushib qolmaslik uchun ham g'alaba muhim edi"
"Olmaliq"ga ochkolar juda zarurligi uchun bugungi o'yin juda qiyin bo'lishini bilardik. Biroq biz uchun ham g'alaba muhim ahamiyat kasb etardi. CHunki peshqadam jamoalar "Lokomotiv" hamda "Nasaf"ni oldinga o'tkazib yubormaslik uchun ham bugungi uch ochkoni qiymati yuqori edi. Xato qilishga haqqimiz yo'qligi bois ham faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushdik va vazifani uddaladik. Bundan xursandmiz. Oldimizda OCHL doirasidagi "Lahviya"ga qarshi muhim o'yin turibdi. Har qanday holatda ham bu musobaqada O'zbekiston sharafini munosib himoya qilishimiz lozim. Guruhdan chiqish imkoniyatlarimiz juda pastligi bilamiz. Ammo jamoamiz bilan oxirigacha qadar kurash olib boramiz. SHuningdek, OCHLda o'z maydonimizda ikki yildan buyon g'alaba qozonmay kelmoqdamiz. Ushbu qora ananani ham buzish vaqti keldi. "Lahviya"ga qarshi bellashuvda muxlislarimizga g'alabani taqdim etishga harakat qilamiz", - deydi Akmal SHorahmedov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar