So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Akmal SHorahmedov: "Olmaliqlik muxlislar ikkinchi davrada bizni yolg'izlatib qo'yishmaydi" Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: "Olmaliqlik muxlislar ikkinchi davrada bizni yolg'izlatib qo'yishmaydi"

AGMK sardori va o'ng qanot himoyachisi Akmal SHorahmedov jamoa mavsumning ikkinchi qismiga ko'rgan tayyorgarligi, birinchi davradagi muvaffaqiyatsizlik sabablari, ichki muhit va kubokda o'z oldiga qo'ygan maqsadi haqida klub matbuot xizmati bilan bo'lgan suhbatda aytib o'tdi.

"Birinchi davra yakunlangach 2-3 kun hordiq chiqarib, yana tezda ishga kirishdik. Mavsumning dastlabki qismi muvaffaqiyatli o'tmagani bois, ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'rish maqsadida mashg'ulotlarni barvaqt boshladik. Tayyorgarlik yomon o'tmadi. Jamoamiz ikkinchi davraga ancha "qaynoq" hozirlik ko'rdi. Bunga havo harorati ham yordamlashib yubormoqda (kuladi). Barcha qilgan ish va mehnatlarimiz samarasi bu natijaga bog'liq. Agarda ikkinchi davrada barchasini iziga qo'ya olsak, unda qilingan mehnatlar havoga uchmaydi.

Birinchi davrada jamoamizga keskinlik, o'yinda "jahl" etishmadi. Ichki muhit yaxshi. Bu borada muammo yo'q. Futbolda asosan jamoa yutib turganda muhit zo'r bo'ladi. Ishlar yurishmagan paytda esa haqiqiy muhit yuzaga chiqadi. Aynan shu payt jamoa o'zaro qanchalik birlashgani ko'rinadi. Bizda hammasi yaxshi. Ikkinchi davraga alo kayfiyatda kirishamiz. Agarda natijalarni ham yaxshilab, muvaffaqiyat ko'chasiga o'tsak, muhit yanada alo darajaga chiqaveradi.

Muhimi, dastlabki o'yinni g'alaba bilan boshlash lozim. SHunda turnir jadvalida bizdan teparoqda turgan jamoalarga yaqinlashib olamiz. Bu esa ularni engil nafas olishga qo'ymasa, bizga yanada ko'proq ishonch bag'ishlaydi.



Istalgan jamoada o'zgarishlardan keyin malum vaqt kerak bo'ladi. Yangi kelganlar esa o'sha jamoaga ko'nikib, moslashib olishlari uchun ham vaqt talab etiladi. Jamoa mavsum avvalida yangilandi. Yangi kelgan futbolchilar hozirga kelib ancha moslashib, jamoaga ko'nikib olishdi. O'ylaymanki, mavsumning ikkinchi qismida boshqacha jamoani ko'ramiz.

AGMK o'tgan mavsum O'zbekiston kubogida zafar quchib, jamoa plankasini ko'tarib qo'ygan. Ayni damda jamoamiz kubok doirasidagi har ikkala frontda kurash olib bormoqda. SHu boisdan ham mazkur musobaqalarda maksimal cho'qqi uchun kurashish lozim. CHempionatda ham imkon qadar yuqori o'ringa ko'tarilish vazifasi turibdi.

Joriy mavsum "Paxtakor" qolgan jamoalarga nisbatan ancha kuchli. "Lokomotiv" ularga raqobat qilishga urinmoqda. Qolgan jamoalar darajasi deyarli bir-biriga teng.

O'zbekiston Kubogi finallarida ketma-ket mag'lubiyatga uchrab kelyapman. "Bunyodkor" bilan ketma-ket finallarda yutqazdim, o'tgan yili "Paxtakor" safida AGMKga sovrinni boy berdim. Bu yili mazkur noxush ananaga chek qo'yishni istardim. O'tgan safar finalda AGMKga yutqazgan bo'lsam, bu yil endi AGMK bilan O'zbekiston kubogida zafar quchishni niyat qildim.



Olmaliqda chiroyli o'yin va natija yaxshi bo'lsa muxlis ko'payadi. Birinchi davrada tomoshabinlar tashrifi tushib ketganiga o'zimiz aybdormiz. Bekobodda bo'ladigan o'yinda g'alaba qozonib, keyin uyda "Andijon"ni yutib, olmaliqlik muxlislarni kayfiyatini ko'tarishga, ularni xursand qilishga harakat qilamiz. Maqsad - ularni stadionga qaytarish.

Tomoshabinlar qanchalik ko'p tashrif buyursa, bu o'sha jamoaga berilgan eng katta ustunliklardan biri. Qachonki stadionda muhit zo'r bo'lib, seni oldinga chorlaydigan muxlislaringni his etsang, charchab qolgan bo'lsangda oxirgi quvvatingni ishlatib yugurasan, joningni berib o'ynaysan. AGMKga muxlislar yordami kerak. Futbolchilarning maydondagi eng katta ilhom parisi - ishqibozlar. O'ylaymanki, olmaliqlik muxlislar ikkinchi davrada bizni yolg'izlatib qo'yishmaydi", — deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Akmal SHorahmedov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика