So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Akmal SHorahmedov: "OCHL guruh bosqichi bizni bekorchilikdan qutqarib qoldi" Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: "OCHL guruh bosqichi bizni bekorchilikdan qutqarib qoldi"

"Bunyodkor" - "Al Jazira" (2:1) uchrashuvida himoyada ishonchli o'ynagan Akmal SHorahmedov bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun bunday o'ynaganimizning asosiy sababi stadionga kelgan muxlislar bo'ldi deb o'ylayman. Raqib tarkibida kim o'ynashidan qatiy nazar mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'q edi. Jamoamiz tomonidan qo'llanilgan taktika, raqibni safidagi yulduzlarni stadion muxlislari "yutib" yubordi", - deydi Akmal SHorahmedov.

- "Bunyodkor" "Al Jazira"ga qarshi 2 oy tayyorlandi. Raqib bugun siz kutgan qaysi jihatni namoyish eta olmadi?

- Raqibning eng kuchli chizig'i hujum edi. Agar hujumlarini to'xtata olsak gol urishimizga ishonardik. Sababi "Al Jazira"ning himoyasi u qadar kuchli emas. Taktikani Vuchinich o'ynaydi deb tuzgandik. Bugun uning maydonga tushmagani bizga qo'l keldi. Osonroq bo'ldi. Sababi, Vuchinchisiz jamoa bizga mos o'yin ko'rsatdi. Bundan tashqari bizda mavsum endi boshlanmoqda, o'ynash istagi juda kuchli edi.

- Tanaffusga qadar gol o'tkazmasdan chiqib ketish mumkin edi...
- To'g'ri takidladingiz. Taym oxirida xatoga yo'l qo'ydik. Birinchi bo'limni o'zimiz uchun erta tugatib qo'yganimiz qimmatga tushdi. Bunday gol o'tkazib yuborgan jamoa mag'lubiyatga uchrashi ham mumkin. Biroq kiyinish xonasida yigitlar bir-birlarini qo'llab-quvvatlashdi. Bugun g'alaba qozonish istagi juda kuchli bo'ldi.

- Ikkinchi bo'limda ko'proq kurashga kirishdingiz. 80-daqiqada yiqilib tushib bo'lsa ham to'p uchun kurashaverdingiz. Qaerdan kuch topdingiz? Guruh bosqichiga chiqish istagi shunchalik kuchlimidi?

- Agar guruh bosqichiga chiqa olmasak ko'chada yura olmas edik...Agar "Al Jazira"ni yuta olmasak bir yilni yo'qotardik. Oliy ligada faqat "Paxtakor" va "Lokomotiv" kabi raqiblarga qarshi o'yinlarni kutardik xolos. Bu erda mukofot pullari yoki boshqa narsa umuman rol o'ynamadi. O'yindan avval guruhga chiqsak, shuncha pul olasizlar degan gap ham bo'lmadi. G'urur uchun o'ynadik.

- Demak jamoaga guruhdagi 6ta o'yin kerak?
- Albatta, O'zbekistonning to'rtta klubi guruhda o'ynaydi. Agar guruhdan chiqa olsak keyingi yillarda OCHL uchun to'g'ridan-to'g'ri 4ta kvota olishimiz mumkin. Endi chempionatda to'rtinchi o'rin uchun ham kurash kechadi.

- Sardor Rashidovning taqdiri aynan ushbu o'yinga bog'liq edi. Uning jamoada qolishi qanchalik muhim?
- Oldinda guruh bosqichining 6ta o'yini bor. Bu o'yinlarda Sardor o'zini ko'rsatsa yozda kuchliroq klubga o'tishi mumkin. Arab klublariga o'tgandan ko'ra "Bunyodkor"da o'ynagani yaxshi menimcha. Biz ham unga Evropada mavsum tugashini kutishini aytayapmiz. Boisi davralar oralig'ida ular ko'p ham transfer qilmaydilar. Undan tashqari har bir Evropa chempionati ishtirokchisi birinchi davradan keyin tarkibi shakillanib ulgurgan bo'ladi. SHuning uchun eng qulay fursat bu yoz oyi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика