Akmal SHorahmedov: “Keyingi o'yinlarda “Paxtakor” yuqori o'rinlarga bemalol ko'tarilib ketadi”
23 may 2017 12:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/255092_original.jpg)
![](/upload/storage/255092_220.jpg)
Akmal SHorahmedov: “Keyingi o'yinlarda “Paxtakor” yuqori o'rinlarga bemalol ko'tarilib ketadi”
Ushbu bahsdan so'ng “Nasaf” klubi futbolchisi Akmal SHorahmedov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi
“Kubok o'yini bo'lgani uchun avvalo o'z darvozamizdan gol o'tkazmaslikni maqsad qilgandik. “Paxtakor”ning hozirgi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, “sherlar”ni bemalol mag'lubiyatga uchratsa bo'lardi. Uyimizdagi javob uchrashuvida bizga osonroq bo'lishi uchun safarda gol urishimiz kerak edi, buni amalda bajardik. Keyingi o'yinlarda “Paxtakor” yuqoriroq o'rinlarga bemalol ko'tarilib ketishi mumkin. Har bir jamoa safarda o'ynasa faqat g'alaba qozonishga harakat qiladi. Biz ham g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan o'ynadik. “Paxtakor” butun jamoa bo'lib oldinga o'tib ketishgani uchun qarshi hujumda gol urib ketdik”, - deydi “Nasaf” klubi futbolchisi Akmal SHorahmedov
Mirjalol Normatov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar