Akmal Shorahmedov: “Keyingi o'yinlarda “Paxtakor” yuqori o'rinlarga bemalol ko'tarilib ketadi”

Aziz Tukhtamuradov
23 may 2017, 12:03
Kecha O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi dastlabki uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichda Toshkentning “Paxtakor” klubi o'z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qildi va yirik (0:3) hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu bahsdan so'ng “Nasaf” klubi futbolchisi Akmal Shorahmedov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi

“Kubok o'yini bo'lgani uchun avvalo o'z darvozamizdan gol o'tkazmaslikni maqsad qilgandik. “Paxtakor”ning hozirgi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, “sherlar”ni bemalol mag'lubiyatga uchratsa bo'lardi. Uyimizdagi javob uchrashuvida bizga osonroq bo'lishi uchun safarda gol urishimiz kerak edi, buni amalda bajardik. Keyingi o'yinlarda “Paxtakor” yuqoriroq o'rinlarga bemalol ko'tarilib ketishi mumkin. Har bir jamoa safarda o'ynasa faqat g'alaba qozonishga harakat qiladi. Biz ham g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan o'ynadik. “Paxtakor” butun jamoa bo'lib oldinga o'tib ketishgani uchun qarshi hujumda gol urib ketdik”, - deydi “Nasaf” klubi futbolchisi Akmal Shorahmedov


Mirjalol Normatov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia