Akmal SHorahmedov "Bunyodkor"dan ketdi, "Nasaf" unga forma tayyorlab qo'ygan
06 jan 2017 20:56
Yangiliklar
Akmal SHorahmedov "Bunyodkor"dan ketdi, "Nasaf" unga forma tayyorlab qo'ygan
Toshkentning "Bunyodkor" klubi himoyachisi Akmal SHorahmedov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.
Tajribali futbolchi 2011 yildan buyon "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Biroq murabbiy bilan kelishmovchilik tufayli jamoadan ketadigan bo'ldi.
Futbolchi katta ehtimol bilan faoliyatini Qarshining "Nasaf" klubida davom ettiradi. Malumotlarga ko'ra, "ajdarlar" allaqachon himoyachi uchun maxsus forma ham tayyorlab qo'ygan. Xabaringiz bor, kecha "Nasaf"ning o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma tuzgan edi.
SHorahmedovga shuningdek, "Olmaliq" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Ertaga "Nasaf" xorijiy yig'in o'tkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketsa, "Bunyodkor" BAAning SHarja shahriga uchadi.

Fikrlar