So’nggi yangiliklar

12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  0 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  2 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  2 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  4 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  11 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  6 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1

Akmal SHorahmedov: "BAA bilan o'yinda natija muhim, chunki bu murabbiy obro'siga tasir qiladi" Yangiliklar

Akmal SHorahmedov: "BAA bilan o'yinda natija muhim, chunki bu murabbiy obro'siga tasir qiladi"

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Akmal SHorahmedov bugungi mashg'ulotlardan oldin "CA" saytiga bo'lajak uchrashuv va terma jamoadagi holat haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugun yig'ilganimiz bilan futbolchilar avvaldan bir-birini juda yaxshi taniydi. SHu boisdan garchi tarkib ancha yangilangan bo'lgan bo'lsada, jamoadoshlarimiz bilan kirishib ketish oson bo'ldi.

Ro'ziqul Berdievga ham bir tarafdan qiyin, menimcha. CHunki 2 kunda murabbiy nimadir qilishga ulgurmaydi. Hozir murabbiy futbolchilarni maksimal yaxshi kayfiyatda ushlab turishi lozim.
Ko'pchilik futbolchilarni jamoalarida Oliy ligada turnir jadvali masalalari echilayotgan rejalar bor. Ro'ziqul Berdiev birinchi navbatda futbolchilarga ortiqcha bosim qilmasdan, bemalol futbol o'ynashni takidlamoqda. Bu juda to'g'ri, deb o'ylayman. Ortiqcha bosim yo'q. SHu boisdan BAAga bemalol borib, ularni yutib kelsa bo'ladi.


Avvalgi terma jamoa bilan hozirgi jamoani qisqacha solishtirgan SHorahmedov quyidagilarni takidladi:
- Endigina bu jamoa bilan mashg'ulotlarni boshladik. SHu tomondan qaralsa, avvalgi jamoa bilan tezda taqqoslash mushkul. Ammo asosiy farqlardan biri, Berdiev ko'proq to'p bilan muomalada bo'lishni, jamoa to'pni nazorat qilishini xush ko'radi. Hozir ham kiyinish xonasida mashg'ulotlarga chiqishdan oldin murabbiy ko'proq to'p bilan muomalada bo'lib, texnik futbol o'ynashimizni takidladi.

Yig'inga chaqiruv olgan yosh istedodli futbolchilar bilan O'zbekiston terma jamoasini kelajagi haqida Akmal SHorahmedov quyidagilarni aytib o'tdi:
- Bir o'yin bilan xulosa chiqarib, bir narsa deb bo'lmaydi. O'ylashimcha, keyingi yig'inlarga jalb etilishi mumkin bo'lgan futbolchilar saralab olingan. CHunki keyingi bosqichga ko'riladigan tayyorgarlik ko'proq muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Ro'ziqul Berdievda hozir tayyorgarlik ko'rish uchun hech qanday vaqt bo'lgani yo'q.
Kelajakda nima bo'lishi kim murabbiy bo'lishiga bog'liq masala.
Agarda O'FF Ro'ziqul Berdiev bilan 5 yillik shartnoma imzolaganida, balki murabbiy kelajakni o'ylab, umuman boshqa tarkibni jalb qilgan bo'lardi.
Hozir murabbiy oldida birinchi navbatda yaxshi o'yin ko'rsatish bilan birgalikda natija ham muhim. CHunki bu bevosita murabbiy obro'siga tasir qiladi.
Ikki-uch kun ichida ham yaxshi o'ynatish, ham natija ko'rsatish kerak.

Akmal SHorahmedov terma jamoa BAA bilan chiroyli o'yin ko'rsatishiga ishonmoqda.
- BAAga qarshi yaxshi va chiroyli o'yin bo'ladi. Natija juda muhim bo'lmagan bahsda jamoa erkinroq, xotirjam, hujumkor futbol o'ynashi mumkin. Qolganini o'yin ko'rsatib beradi. Muxlislarga g'alabani taqdim etishga harakat qilamiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика