So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  8 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  4 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Akmal Rustamov: “CHempionat endigina boshlandi” Yangiliklar

Akmal Rustamov: “CHempionat endigina boshlandi”

Ikkinchi turdan joy olgan “SHo'rtan” - “Qizilqum” jamoalari (0:1) bahsidan so'ng, konchilar sardori Akmal Rustamov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

-   Bugun juda qiyin kechgan bahsda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik, - dedi Akmal Rustamov.  - Har bir jamoa uy uchrashuvida raqibidan ochko tortib olishga harakat qiladi. “SHo'rtan” tarkibida yuqori saviyadagi o'yinchilar juda ko'p. Jiddiy raqibga qarshi o'yinda kichik hisobda bo'lsa-da g'alaba qozonganimiz yoqimli, albatta.

-   O'tgan tur yakunida “Ramziy terma jamoa” tarkibidan joy oldingiz.
-   Ha, albatta. Turning ramziy terma jamoasidan joy olish kayfiyatni ko'taradi, kishiga kuch bag'ishlaydi. Ammo men uchun muhimi - jamoam g'alabasi va muxlislar quvonchi, deb bilaman. CHempionat endigina boshlandi. Maqsadimiz bu yilgi mavsumni kuchlilar qatorida yakunlashdir. Raqiblarning barchasi chempionatga puxta hozirlik ko'rishgani dastlabki turlardan sezilib qoldi. Ularga qarshi munosib futbol namoyish etish uchun esa jamoamizning kuchi etadi, deb o'ylayman.

“Qizilqum” FK matbuot xizmati.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика