So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  9 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  8 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

Akmal Ortiqov: "Metallurg" mavsumning ikkinchi qismida o'z o'yinini topib oldi" Yangiliklar

Akmal Ortiqov: "Metallurg" mavsumning ikkinchi qismida o'z o'yinini topib oldi"

Bekobodning "Metallurg" klubi Coca Cola Superligasining joriy mavsumini 10-o'rin bilan tugatdi.

Biz jamoaning tajribali posboni Akmal Ortiqovning fikrlari bilan qiziqdik.



- Akmal, ushbu mavsumni "Metallurg" safida o'tkazdingiz. Umumiy taassurotlar qanday?

- Ochig'ini aytsam, mavsumning birinchi qismini ko'ngildagidek o'tkaza olmadik. Qiyin o'yinlar ko'p bo'ldi, bir necha marta ochko ham yo'qotdik. Ammo ikkinchi davraga kelib jamoamiz o'z o'yinini topib oldi. Bir qator kuchli jamoalardan ochko tortib olishga muvaffaq bo'ldik. Umumiy aytadigan bo'lsam, garchi birinchi davra biz uchun omadli bo'lmagan bo'lsa-da, mavsumning ikkinchi qismidan qoniqish hosil qildim. Yigitlar zo'r mavsum o'tkazishdi, umuman, biz uchun barchasi ajoyib o'tdi deyish mumkin.

- SHu o'rinda, siz uchun balki kutilgan yoki kutilmagan savol. Siz bir necha yillar Yaypanning "Turon" klubida o'ynagansiz. Agar sobiq jamoangizdan taklif tushsa, qaytgan bo'larmidingiz?

- Hozirda "Metallurg" bilan amaldagi shartnomam bor. SHu sababli "Turon"ga qaytish yoki qaytmasligim haqida aytsam, noto'g'ri bo'ladi. Hali bu borada gapirishga erta deb o'ylayman.



- Yaxshi, unda futboldagi o'z poziciyangizdan kelib chiqib savol bersam. Sizningcha, hozirgi kunda dunyoning eng kuchli darvozaboni kim?

- Tibo Kurtua. Bu boradagi shaxsiy fikrim shunday. Hozirgi kunda aynan u dunyoning eng kuchli posboni bo'lib turibdi.

- Yana sobiq jamoangiz haqida. "Paxtakor"ga qarshi Yaypanda bo'lib o'tgan o'yinda "Turon” safida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandingiz. O'sha uchrashuvdan qanday xotira va taassurotlar qolgan?

- "Turon" – "Paxtakor" (1:1 qayd etilgan – tahr.) uchrashuvi futbolchilik faoliyatimdagi eng yaxshi o'yinlardan biri bo'lgandi. O'sha kuni Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohidagi muhit ham ajoyib bo'lgan. Stadionga tashrif buyurgan mahalliy muxlislar maza qilib futbol tomosha qilishgan va o'yin yakunida chinakamiga bayram qilishgandi.



- "Turon" yaqinda bo'lib o'tgan o'tish o'yinida "Lokomotiv"ni mag'lub etib, Superligaga yo'llanma oldi. Yangi mavsumda bu jamoadan qanday natijalarni kutyasiz?

- Birinchi navbatda, yaypanlik muxlislarni Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. Ular bunga munosib edilar. Albatta, jamoaga omad va muvaffaqiyat yor bo'lishini tilab qolaman. "Turon" yangi mavsumda Superligada munosib ishtirok etishiga ishonaman.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика