Akmal Azizxo'jaev xotira turnirida "Bunyodkor" chempioni bo'ldi
29 may 2018 14:00
Yangiliklar


Akmal Azizxo'jaev xotira turnirida "Bunyodkor" chempioni bo'ldi
Joriy yilning 26 mayidan 29 mayiga qadar “Spartak” bolalar futbol jamoasi va O'zbekiston Futbol Associaciyasi hamkorligida 2009 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan futbol murabbiyi Akmal Azizxo'jaev xotirasiga bag'ishlab turnir tashkil etildi.
Turnirda "Spartak", "Navbahor", "Paxtakor", "Lokomotiv", "Spartak-2", "Odil-Junior", "Nasaf", "Bunyodkor" jamoalari kuch sinashdi. Qizg'in kechgan bahslar so'ngida jamoalar quyidagi o'rinlarni egallashdi.
29-may . Final
"Nasaf" 0-4 "Bunyodkor"
3-o'rin uchun
"Spartak" 2 -0 "Navbahor"
Turnir so'ngida Akmal Azizxo'jaevning oila azolari, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, murabbiy Ahmadjon Musaev va Rossiyaning “Anji” klubi futbolchisi Dostonbek Hamdamovlar yosh futbolchilarga Kubok, medallar va esdalik sovg'alari topshirishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar