Akinfenva jamoadoshlarini qo'rqitdi
04 jan 2015 22:02
Yangiliklar


Akinfenva jamoadoshlarini qo'rqitdi
"Uimbldon" etakchisi Adebeyo Akinfenva jismoniy jihatdan dunyoning eng kuchli futbolchisi hisoblanadi.
Gap shundaki, Adebeyo Akinfenva "Liverpul" jamoasini muxlisi sanaladi va ular Angliya kubogi doirasida "Liverpul" bilan to'qnash kelishgan. O'yindan keyin Akinfenva jamoadoshlariga Stiven Jerrard bilan futbolka almashishlarini taqiqlab qo'ydi. Sababi, Adebeyo Akinfenvaning o'zi Stivenning libosini qo'lga kiritishni istamoqda va jamoadoshlariga agarda kimda-kim Jerrardning futbolkasini olsa, bu ular uchun yaxshilik bilan tugamasligini tushuntirgan.

Fikrlar