Ake: "Man Siti" Angliyada oxirgi 10 yilning eng yaxshi klubidir"
06 avg 2020 01:03
Yangiliklar
Ake: "Man Siti" Angliyada oxirgi 10 yilning eng yaxshi klubidir"
"Manchester Siti" klubining yangi o'yinchisi Natan Ake "shaharliklar" safiga qo'shilishi bilan bog'liq taassurotlari haqida gapirdi.
"So'nggi 10 yil ichida "Siti" Angliyaning eng yaxshi jamoasi bo'ldi. Bu erga kelish mening orzum edi. Bu dunyo darajasidagi ko'plab yulduzlar yig'ilgan top klubdir.
Gvardiola – butun dunyoni hayratga sola olgan murabbiy. U erishgan yutuqlar ham bundan dalolat beradi. Pepning muvaffaqiyatlariga aql bovar qilmaydi. Menga uning o'yin uslubi yoqadi.
Tarkibga kirish uchun ko'p mehnat qilishim kerakligini bilaman, shu tufayli ham bu erdaman. Men jamoaga trofeylar yutishda ko'maklashish uchun bor kuchimni ishga solaman", – dedi Ake.
Fikrlar