Akbarov va Hasanov “Navbahor”dan ketishga qaror qilishdi
03 jan 2016 15:33
Yangiliklar


Akbarov va Hasanov “Navbahor”dan ketishga qaror qilishdi
So'nggi mavsumni jamoamizda o'tkazgan himoyachi Bobir Akbarov va yarim himoyachi Robbim Hasanovlar “Navbahor”dagi faoliyatlarini yakunlashga qaror qilishgani oydinlashdi.
Ushbu futbolchilar bilan bog'langanimizda bu malumotni tasdiqlashdi. Yangi yildan oldin esa yana bir yarim himoyachi Azim Ahmedov ham jamoa bilan xayrlashib, Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan shartnoma imzolagandi. Oldingi mavsumlarda “Navbahor” jamoasi sharafini himoya qilgan va boshqa klublarga o'tishga qaror qilgan Ahmedov, Akbarov va Hasanovlarning keyingi faoliyatlariga omad tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar