So’nggi yangiliklar

22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  4 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  43 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  0 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  10 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0

Akbar To'raev: "Dubaydagi yig'in yaxshi boshlandi" Yangiliklar

Akbar To'raev: "Dubaydagi yig'in yaxshi boshlandi"

Teglar :  Bunyodkor
"Bunyokdor" klubi 16 yanvar kuni Dubaydagi yig'inni boshladi.

Kuni kecha "qaldirg'ochlar" Rossiya premer-ligasida ishtirok etayotgan "Anji" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib 3:2 hisobida zafar quchishdi. Biz "Bunyodkor" darvozaboni Akbar To'raev bilan bog'lanib yig'in va "Anji"ga qarshi bahs haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Dubaydagi yig'in rejaga ko'ra boshlandi. Kuniga 2 mahal mashg'ulot o'tkazayapmiz. Ertalabki mashg'ulotlar asosan qumda bajarilmoqda, jismoniy holatni yaxshilashga etibor qaratilmoqda. Kechki payt "Al SHaab" akademiyasiga qarashli maydonda shug'ullanayapmiz. Taktika mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Tarkibda hech qanday yo'qotish yo'q, barcha sog'-salomat. Barcha mashg'ulotlarda bor kuchi bilan ishlamoqda".



"Anji" bilan o'yinga kelsak murabbiylar bu o'yinda barcha futbolchilarga imkon berishdi. Har bir bo'limda ikki xil tarkib o'ynadi. Menimcha o'yin yomon bo'lmadi. Murabbiylarning ko'rsatmalarini bexato bajarishga urindik. Quvontirayotgani yoshlar ham jamoaga tezda qo'shilib keta olishdi. Ular ham asosiy tarkibga loyiq ekanliklarini ko'rsatishmoqda. Oldinda yana 5ta nazorat o'yini bor. Barcha etibor 9 fevral kungi "Al SHabab"ga qarshi o'tadigan pley-off o'yiniga qaratilgan", - deydi Akbar To'raev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика