So’nggi yangiliklar

03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1

Akbar To'raev: “CHindan ham penalti bor edi” Yangiliklar

Akbar To'raev: “CHindan ham penalti bor edi”

"Bunyodkor" - "Al Jazira" (2:1) uchrashuvidan so'ng Akbar To'raev mikst-zoanada o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun tomoshabinbop o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Havfli vaziyatlarga boy o'yin bo'ldi. Ikkala jamoada ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Raqibning o'yinini o'rganib chiqqanimiz tufayli ham, ko'proq qarshi hujum taktikasiga tayangan holda bellashuvni boshladik. Hammasi ko'ngildagidek bo'ldi va g'alaba qozonib, muxlislarni ishonchini oqlaganimizdan xursandmiz. Bizni qo'llab turgan barcha ishqibozlarga tashakkur", - deydi To'raev.

- Uchrashuv avvalida “Bunyodkor” nisbatan himoyaviy futbol namoyish etdi. Bu murabbiylarning aniq ko'rsatmasi tufaylimidi?   
- Biz raqibni obdon o'rganib chiqdik. “Al Jaziraning” 7-8 ta o'yinining videolavhalarini ko'rdik. Darhaqiqat, murabbiyimiz o'yin avvalida ehtiyotkor o'yin namoyish etishni talab qilgan edi.

- “Al Jazira” “qaldirg'ochlar” kutgan o'yinni namoyish eta oldimi?
- Jamoaning eng kuchli futbolchilari hujumda jamlangan edi. Gol qo'yib yubormasak, vaziyatlarimizdan foydalanishimizga ishongandik. Bu oson bo'lmasligini bilgandik, lekin raqibdan kamroq gol qo'yib yubordik va vazifani uddalay oldik.  

- Raqibning asosiy “qurollaridan” biri Mirko Vuchinichning tarkibda va xattoki o'yin qaydnomasida ham yo'qligi “Bunyodkorning” uchrashuv uchun tanlagan taktikasiga tasir ko'rsatdimi?
- Yo'q, bu Osiyo CHempionlar Ligasi va unda qatnashuvchi jamoalarning hech biri kuchsiz emas. U Vuchinich bo'ladimi, yoki boshqasi buning unchalik farqi yo'q. Bu erda hamma professional va tarkibdagi boshqa futbolchilar ham Osiyo futbolida o'zlariga yarasha nomga egalar.

- Penalti belgilangan vaziyatga munosabatingiz...
- O'sha vaziyatda rostan ham qoidani buzgandim. Albatta atayin emas, men to'pga avval etib bormoqchi edim, lekin menga bir qadam etmay qoldi va raqib chaqqonlik qildi .  
   
Omonboy To'xtamirzaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика